Salomatlik

QON BOSIMINI TABIIY VOSITALAR BILAN TUShIRAMIZ

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 25 yoshdan oshgan har uchinchi odamdan bittasi yuqori qon bosimidan aziyat chekadi. Tasavvur qiling, siz ham qon bosimingiz oshganini sezdingiz, aksiga olib doringiz tugagan. Xuddi shunday vaziyatda tabiiy yo‘l bilan qon bosimini tushirishingiz mumkin. Demak, uy sharoitidi qon bosimini tushirish usullari quyidagicha: Chuqur nafas olib, uni 10 soniya ushlab turib keyin chiqaring. Bu mashg‘ulotni 3 daqiqa davomida bajarsangiz, qon bosimini bosqichma-bosqich tushirishga yordam beradi.

Qon bosimi o‘ta yuqori bo‘lganida vanna qabul qilish mumkin emas. O‘rtacha oshgan qon bosimida harorati 37 dan yuqori bo‘lgan suvga qo‘lni tutib, suvni yanada issiqroq qiling. 10 daqiqa davomida qo‘lni tutib turgach, oyoqni issiq vanna qilish kerak. Bu oyoqdagi tomirlarni kengaytiradi va qon bosimi tushishiga zamin yaratadi.

Peshob haydovchi vositalardan birini qabul qiling. Chunki organizmdan ortiqcha suyuqlik chiqib ketsa, qon tomirlardagi bosim kamayadi. Jo‘xori popugini ham damlab, kuniga uch mahal ichish mumkin.

Bir dona banan yeyish qon bosimini me’yorlashtirishga xizmat qiladi. banana-3 Olma 5-6 mahal 300-400 grammdan uzoq chaynab yeyiladi. Faqat bu vaqtda boshqa narsa yemaslik kerak. Har kuni ertalab och qoringa ikki stakan 25 daraja va undan yuqoriroq haroratdagi suvni iching. Bu arterial qon bosimini bir maromda ushlab turadi.

Tuz iste’molini kamaytiring. Tadqiqotlarda keltirilishicha, tomirlarda qon bilan ma’lum darajada suyuqlik ham harakatlanadi. Shuning uchun peshob haydovchi vositalar tayinlanadi. Tuz esa oragnizmdan suvning chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Qon bosimi vazn kamayishi bilan tushadi. Agar qon bosimingiz tez-tez oshaversa, unda tezroq parhezga o‘ting. Kaliy peshob haydash xususiyatiga ega. Bu modda kartoshka, loviya, dengiz karami, mayiz va no‘xatda uchraydi. Kartoshka tarkibidagi kokoamin moddasi qon bosimini tushiradi.

Anor qon bosimini tushiruvchi ajoyib vositadir. Kuniga yarim stakan anor sharbatiga yarim stakan qaynagan suv qo‘shib ichilsa, qon bosimini tushirishga ko‘mak beradi. Anor sharbatini o‘zini ichish mumkin emas, chunki u oshqozon devorlari hamda tish emalini zararlashi mumkin.

Bulg‘or qalampiri, kivi, karkade choyi ham qon bosimini tushirishda beminnat yordamchi hisoblanadi. Yalpizli choy ham bu borada foyda beradi. Kechqurun valeriana ildizini ezib, hidini chiqaring, shunda yaxshi uxlaysiz. Bir stakan yog‘siz qatiqqa bir qoshiq dolchin solib, bir oy davomida iching. Dolchin kaliy, kaltsiy magniyga boy bo‘lib organizmdagi xolesterin miqdorini kamaytiradi va tomirlarda tiqilmalar paydo bo‘lishini oldini oladi.