Bilasizmi?

Qon bosimini tez va oson tushirish mumkinmi?

Qon bosimini tez va oson tushirish mumkinmi? Ayni savolga mutaxassislar yaqin-yaqindan “ha” deb javob bera olishayapti.

Agar sizni yoki yaqinlaringizni qon bosimi qiynayotgan bo‘lsa, kichik maslahatlarimizni qo‘llab ko‘ring.

Quyida qon bosimini tez tushirish usullarini keltiramiz.

Uqalash. Barmoqning uch qismi bilan tomoq sohasini ensa sohasiga qarata uqalang.

Uksusli kompress. Ikki bo‘lak matoni olib uni olma yoki oddiy uksusga bulg‘ang. So‘ng matolarni har ikki oyog‘ingizning tovon sohasiga 5-7 daqiqaga qo‘ying. 20-30 daqiqa o‘tgach, qon bosimini qayta o‘lchang. Agar natija bo‘lmagan bo‘lsa, jarayonni qaytring.

Klyukva sharbati. 100 ml Klyukva sharbatiga shuncha asalni qo‘shing va 1 kunda 3 mahaldan qabul qilib yuring. Bu sharbatni asosan surunkali gepertoniyasi bo‘lgan kishilar ichib yurishlari tavsiya etiladi.

Murabbo. Qon bosimini tez tushiruvchi usullardan biri bu shotut sharbati yoki murabbosini iste’mol qilishdir. Bu usuldan qadimda ham foydalanishgan.

Eslatib o‘tamiz, surunkali qon bosimini davolash uchun albatta, shifokor tekshiruvidan o‘tish lozim.

Manba: Qalampir.uz