Muskat navli qovoq shirguruch hamda boshqa sutli bo‘tqalarga o‘ziga xos ta’m va ifor beradi.
- Yong‘oqrang qovoqni gaz pechida pishiring yoki salatlarga ko‘shing.
- Ko‘rinishi patissonni eslatadigan qovoqning ta’mi sukinini eslatadi.
- Xokkaydo turini esa bemalol go‘sht bilan pishirishingiz mumkin.
- Spagetti-qovoq gaz pechida pishirilgandan so‘ng yumshab, xuddi spagettidek tolalarga oson ajraladi.
- Mirani di kiodja — sallaga o‘xshash shakldagi qovoq. U shirin bo‘lib, xomligicha iste’mol qilish mumkin.
- Qovoq urug‘lari ruxga boy bo‘lib, miya faoliyatini yaxshilaydi.
- Xom qovoq va uning sharbatini me’da shirasi pasaygan turdagi gastritda, shuningdek, oshqozon yarasi, qandli diabedning og‘ir shakllarida iste’mol qilish mumkin emas.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi