Qo‘ziqorinlar o‘ziga xos ta’mi va ifori bilan boshqa mahsulotlardan ajralib turadi. Parhezshunoslar uni “o‘rmon go‘shti” ham deyishadi, chunki u haqiqatdan ham juda tez ochlik hissini yo‘qotadi. Xalq tabobatida qo‘ziqorinni bir qancha kasalliklarni davolashda qo‘llanadi. Mohir oshpazlar esa undan ajoyib taomlar va salatlar tayyorlashadi. Lekin bolalarga qo‘ziqorinlarni berishda ehtiyotkor bo‘lgan afzal. qo‘ziqorinli taom tayyorlamoqchimisiz? Unda uning yaxshi va yomon tomonlari hususidagi ushbu material bilan albatta tanishib chiqing. QO‘ZIQORINLARNING FOYDASI Qo‘ziqorinning foydali tomonlaridan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Uning eng asosiy ustunligi u oqsilning konidir, bu modda qo‘ziqorinda tuxumdan 2 martta, go‘shtdan 3 barobar ko‘pdir. Fosfor va kaltsiy esa xuddi baliqdagidek miqdorda. Ayni damda u past kaloriyali mahsulot bo‘lib, ozgina yesangiz, darrov to‘yib qolasiz. Parhezshunoslar qo‘ziqorinning bu jihatidan foydalanib, uni taomnomaga qo‘shishadi. Ayni damda qo‘ziqorinlar organizmni qiynashmaydi, qo‘ziqorinli taomlar bilan birga organizm vitamin, aminokislotalar, mikroyelementlarning katta miqdorini qabul qilishadi. Qo‘ziqorinlar tarkibiga kiradigan asosiy foydali moddalar: 18ta aminokislotalar: ular aqliy faollik, xotiraga yaxshi ta’sir qilib, ateroskeloroz rivojlanishi oldini oladi. B guruhidagi vitaminlar (B1,B2,B6): asab tizimining me’yoriy ishlashiga yordam berib, soch, tirnoq, terining holatini yaxshilaydi. Mikroyelementlar (mis, yod, marganets, ruh, fosfor, kaliy): u modda almashinuv jarayonini me’yorlashtirib, yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rish xavfini kamaytiradi, virusli infektsiyalarga to‘sqinlik qiladi.
B-glyukanlar:immun tizimiga yaxshi ta’sir qilib, yana bu modda saratonga qarshi faolligi bilan ham mashhur. Biroq, ular sog‘lig‘imizga ijobiy ta’sir etishi uchun juda ko‘p qo‘ziqorin iste’mol qilishga to‘g‘ri keladi.
Xitin: u shlak va og‘ir metallarni o‘ziga singdirib, ularni ovqat hazm qilish jarayonida organizmdan chiqaradi. Melanin::eng kuchli tabiiy antioksidant. PP vitamini (nikotin kislotasi, niatsin): qon xosil bo‘lish jarayonida muhim rol o‘ynab, tomirlar devorini mustahkamlaydi. Bu vitamin qo‘ziqorinda xuddi mol jigaridagidek ko‘pdir.
Qo‘ziqorinlar qondagi yomon xolesterin miqdorini pasaytiradi. U shuningdek qandli diabet bilan og‘rigan kishilarga foydali: chunki unda yog‘ juda oz bo‘lib, xolesterin yo‘qdir, biroq u oqsil, vitamin, mineral, suv va kletchatkalarga boydir. Yana ular tabiiy insulin va fermentlarga boy bo‘lib, u kraxmalli taomni parchalashga yordam beradi. Yurak-qon tomir kasalliklari, ateroskleroz, ortiqcha vazn, qon bosimi oshishida ham uning foydaliligi tan olingan.
Qo‘ziqorinlar past kaloriyali yegulik sanalib, ortiqcha vazndan qiynalayotgan odamlar uchun mukammal parhez turidir. qo‘ziqorinlarning iste’molga yaroqli turlaridan lisichka, podosinovki, opyata, oq qo‘ziqorinlar, shampinyon, veshenka va boshqalar oshpazlikda keng qo‘llaniladi. >E’tibor bering! qo‘ziqorinlar xom sabzavotlar(bodring, karam, pomidor) bilan kelisha olmaydi, bunday aralashma oshqozon buzilishi va dam bo‘lishga olib keladi. Shu bois uni faqatgina pishgan sabzavotlar bilan birga yeng. U yetarli darajada og‘ir taom. 7 yoshdan kichik va qariyalarga uni hazm qilish qiyinchilik tug‘diradi.
QO‘ZIQORINNING ZARARI
Aksariyat qo‘ziqorinlar juda zaharli bo‘lib, u kishini o‘limga olib kelishi mumkin va bu qo‘ziqorinlar o‘zining yesa bo‘ladigan turdoshlariga juda o‘xshab ketadi. qo‘ziqorindan zaharlanish mavsumiy bo‘lib, asosan yilning bahor va kuz fasllarida kuzatiladi. Yovvoyi holda yoki ekologik jihatidan notinch hududlarda o‘sadigan (promzonalar, katta yo‘llar chetlari), turi notanish hamda zaharli qo‘ziqorinlar iste’mol qilmaganingiz ma’qul.
Taom tayyorlash jarayonida ularni yetarli darajada tozalamasdan iste’mol qilish turli noxushliklarga olib kelishi mumkin. qo‘ziqorindan zaxarlanishning yashirin davri (zaharli qo‘ziqorinning turi va tarkibidagi zaharli moddalar hamda iste’mol qilingan miqdoriga qarab) bir necha daqiqadan bir necha soatgacha bo‘lishi mumkin. Ulardagi zaharli moddalar asosan oshqozon-ichak trakti, jigar, buyraklar, asab tizimini shikastlaydi. qo‘ziqorin iste’mol qilgan shaxslarda zaharlanish alomatlari kuzatilsa, u tezda shifokorga murojaat etishi lozim. Bunda organizmdan o‘sha zaharli modda chiqarilib tashlanishi ko‘zda tutiladi. Aks holda bu zaharlanish fojiaga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga qo‘ziqorinda mavjud xitin moddasining ko‘p miqdori inson organizmi tomonidan deyarli hazm qilinmaydi. Aynan shuning uchun biz qo‘ziqorinning ko‘pini hazm qilolmaymiz. Bu yegulikni haddan ziyod yeyish surunkali pankreatit, oshqozon osti bezi yallig‘lanishi va oshqozon-ichak tizmidagi boshqa ko‘ngilsizliklarga olib kelishi mumkin. Aynan xitin tufayli qo‘ziqorinda mavjud aksariyat foydali moddalar badanimizga singmaydi.
Qo‘ziqorinlar tuproq, havo, suvdan turli toksin va radiofaol qo‘shilmalarni o‘ziga olish xususiyatiga ega. Shu bois ba’zida yesa bo‘ladigan qo‘ziqorinlardan ham zaharlanib qolish mumkin.
Qo‘ziqorinlarni xarid qilayotganda yoki uni iste’mol qilishdan oldin ushbu mahsulot sifatini kafolatlovchi hujjati borligini aniqlash lozim. Bozor hududidan tashqarida va belgilanmagan joylarda sotiladigan, sifatini kafolotlovchi hujjatga ega bo‘lmagan hamda yovvoyi holda o‘sadigan notanish qo‘ziqorinlarni terib iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.