Kerakli masalliqlar:
1. Un - 4-5 stakan. 2. Margarin - 500 gr. 3. Qatiq - 300 gr. 4. Shakar - 1 piyola 5. Tuxum - 2 ta 6. Choy sodasi- 1 choy qoshiq.
Tayyorlanishi:
Margarin un bilan uqalanadi. Qatiq, soda va tuxum aralashtirilib, unga solinadi. Xamir qattiq bo‘lishi shart. Tayyor xamir zuvalalarga bo‘linib, yelim paketda, muzlatkichda tindiriladi. Tingan xamir zuvalachalari birin ketin muzlatkichdan olinib, go‘sht qiymalagichning maxsus tishidan chiqariladi. Kerakli shakl berib, ust qismi shakarga botirilib, duxovka listiga teriladi.
O‘rta olovda usti qizargunicha pishiriladi. Bu xamirni yoyib ustiga shakl berib pishirsa, shakarni o‘rniga qand upasi ishlatsa ham bo‘ladi. Bu sizning fantaziyangizga bog‘liq.
Yoqimli ishtaha!
Manba: Beka.Uz