Zarur masalliqlar: 300 gr. un, 200 gr. margarin, 150 grammdan shakar va yong‘oq, 100 grammdan mayiz, o‘rik turshagi va olxo‘ri qoqi, 4 dona tuxum, 3 choy qoshiq xamiryumshatgich.
Tayyorlanishi: 1. Quritilgan mevalarni 15 daqiqaga qaynoq suvga solib qo‘ying.
2. Margarinni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. Avval shakar, so‘ngra tuxum solib aralashtiring.
2. O‘rik turshagi va olxo‘ri qoqini maydalab to‘g‘rang. Yong‘oqni maydalang. Keyin barchasini margarinli aralashmaga qo‘shing.
3. Un va xamiryumshatgich solib, smetana quyuqligida xamir tayyorlang.
4. Keks qolipini yog‘lab, xamirni soling. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqada pishadi.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 20 daqiqa.
6 kishilik.
Manba: Darakchi.uz