Kerakli masalliqlar:
1. Qaynatilgan kolbasa - 150 gr. 2. Tuxum - 4 dona 3. Bodring - 2-3 dona 4. Gorox - 2-3 osh qoshiq 5. Ko‘katlar - 0,5 bog‘ 6. Mayonez
Tayyorlanishi:
Tuxumdan oddiy quymoq pishirib olinadi.
Barcha masalliqlar to‘rtburchak to‘g‘raladi. Ko‘katlar mayda to‘g‘raladi. Ta’bga qarab tuzi rostlanib, barcha masalliqlar mayonez bilan aralashtiriladi.
Yoqimli ishtaha!
Manba: Beka.Uz