Shirinlikxo‘r xonimlar uchun!
Zarur masalliqlar: 200 gr. un, 150 grammdan sariyog‘ va shakar, 30 gr. mak, 3 dona tuxum, 3 oshqoshiq sut, 1 choy qoshiqdan xamiryumshatgich va vanilinli shakar, 2 ta limon qirindisi; ustiga sepishga: 100 ml. limon sharbati, 100 gr. shakar.
Tayyorlanishi: 1. Sariyog‘ni shakar va vanilinli shakar bilan birga mikser yordamida ko‘pirtiring.
2. Tuxumni donalab qo‘shib ko‘pirtirishda davom eting.
3. Limon qirindisini sut bilan alohida idishda aralashtirib, sariyog‘li masalliqqa qo‘shamiz.
4. Endi un, xamiryumshatgich va makni alohida aralashtirib solamiz.
5. Xamirni mikser yordamida yaxshilab aralashtirgach, 170 darajada qizdirilgan gaz pechiga 1 soatga qo‘ying.
6. Limon sharbatiga shakarni solib, olovga qo‘ying. Aralashtirib turgan holda shakar eriguncha qaynating.
7. Keks ustiga limonli aralashmadan quyib, maydalangan yong‘oq mag‘zidan seping.
1 soatu 25 daqiqa
7 kishilik
Manba: Darakchi.uz