Bilasizmi?

Ro‘zg‘orda asqotadigan tavsiyalar

Uy – mo‘jaz vatan. Ana shu vatan ichi ayollarga topshirilgan. Unda bajariladigan ro‘zg‘or ishlari o‘ziga xos san’at bo‘lib, uni egallagan ayolning qadri oshib, o‘zligini namoyon qiladi. Ro‘zg‘or yuritish bekalarni o‘ylab, chamalab, hisob-kitob bilan, eng asosiysi – yaratish ishtiyoqi bilan ishlashga o‘rgatadigan o‘ziga xos fan hamdir. Quyidagi maslahatu tavsiyalar uy-ro‘zg‘or yumushlaringizda asqotadi, degan umiddamiz:

[дропсап тйпе="сирсле"]1[/дропсап] Yog‘larni mis idishlarda saqlamang, sifati buziladi. Yog‘larni, ayniqsa, sariyog‘ va maskayog‘ni qorong‘i yerda saqlash kerak, chunki quyosh nuri ta’sir etsa, unda yog‘ kislotasi hosil bo‘ladi, bu kislota esa inson organizmiga zarar;

[дропсап тйпе="сирсле"]2[/дропсап] No‘xat, mosh, loviya kabi dukkakli donlarni issiq suvda ivitib bo‘lmaydi, qotib, pishishi qiyin bo‘ladi. Pishirganda sovuq suvga solib, sekin qaynating. Tuzni yetilib pishgandan so‘nggina soling;

[дропсап тйпе="сирсле"]3[/дропсап] Guruch, makaron, vermishel' kabi mahsulotlarni esa qaynoq suvga solib, tez qaynating. Aks holda, mahsulot idishning ostiga yopishib qoladi;

[дропсап тйпе="сирсле"]4[/дропсап] Suyuq ovqatlar shaqirlatib qaynatilsa, xira tortadi. Miltiratib qaynatish lozim;

[дропсап тйпе="сирсле"]5[/дропсап] Qattiq go‘shtni sirkalab pishirsangiz, yumshoq tortadi;

[дропсап тйпе="сирсле"]6[/дропсап] Muzlagan go‘shtni sovuq suvga solib pishirmang. Negaki, sekin-asta issiq o‘tgan go‘shtda vitaminlar yo‘qolib boradi, ta’mi qolmaydi. Qaynab turgan suvda pishirish lozim;

[дропсап тйпе="сирсле"]7[/дропсап] Ko‘k piyoz, ukrop, kashnich va boshqalarni iste’mol qilishdan oldin 5 minut tuzli suvga solib oling. Ulardagi ko‘zga ko‘rinmas hasharotlar o‘ladi;

[дропсап тйпе="сирсле"]8[/дропсап] Sho‘r bo‘lib ketgan ovqatga 2-3 ta xom kartoshka solsangiz, sho‘rini o‘ziga tortib oladi;

[дропсап тйпе="сирсле"]9[/дропсап] Pichoqni biroz suvlab piyoz to‘g‘rasangiz, ko‘zingiz achishmaydi;

[дропсап тйпе="сирсле"]10[/дропсап] Guruchni yuvganda suvga 1-2 osh qoshiq tuz solib yuborsangiz, g‘ubori yaxshi ketadi va bunday guruch suvdan olib qo‘yilganda ham uzoq vaqtgacha uqalanib ketmaydigan bo‘ladi;

[дропсап тйпе="сирсле"]11[/дропсап] Ortib qolgan palov, shavla, qovurma kabi taomlar isitib yeyiladigan bo‘lsa, ularga bir bosh piyozni maydalab to‘g‘rab, qo‘shib yuboring. Bu ovqatning ta’mini asl holatiga keltiradi;

[дропсап тйпе="сирсле"]12[/дропсап] Sut pishirayotganda idishning chetiga moy surib qo‘ysangiz, sut qaynaganda toshmaydi;

[дропсап тйпе="сирсле"]13[/дропсап] Tomat pyuresi – pomidor qiymasining yuzi mog‘orlab qolmasin desangiz, uning yuziga bir oz tuz sepib, paxta moyidan tomizib qo‘ying.