Bilasizmi?

Rut Ginzburg - Zamonaviy Amerikaning timsoli bo`lgan ayol

- “2009 yilda menga oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qo'yilganida, bir senator olti oy ichida o'lishimni aytib xursandchilik qilgan edi”, - deb eslaydi Rut Ginsburg. "Men ismini unutgan bu senator allaqachon vafot etgan, men esa hali ham tirikman".

Bu hokimiyatdagi odamlar Rutga qarshi chiqishgan yagona holat emas. U butun umri davomida gender tengsizligi bilan kurashgan (va kurashishda davom etmoqda). Ginzburg Kornel universitetini a'lo darajada tugatdi, Garvard yuridik maktabiga o'qishga kirdi, keyinchalik Kolumbiyaga o'tdi va u yerni ham a'lo baholarga tugatdi. Ammo 1960 yilda, Rut AQSh Oliy sudida kotib lavozimini egallashga harakat qilganida, unga rad javobi berildi. Sabab esa bitta - Ginsburg ayol!

-“Mening davrimda ayollar huquqni o'rganmaganlar. 1940 yillarda o'sgan ko'pgina qizlar uchun "oilali ayol" maqomi bakalavr maqomidan ko'ra muhimroq edi".

Rut Kolumbiya universitetida ma'ruza o'qishni boshladi va 1972 yilda Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqida ayollar huquqlari bo'yicha loyihaning hammuassisi bo'ldi, so'ng u tashkilotning bosh maslahatchisi bo'lib ish boshladi. Rut ayollar huquqlari bo'yicha sud jarayonlarida qatnasha boshladi - 1973 yildan 1976 yilgacha oltita ishning, beshtasida g'alaba qozondi, tengsizlik borasida jins ajratmadi ayollar va erkaklarni birdek himoya qildi.

Ginzburg 1993 yil 10 avgustda AQSh Oliy sudining sudyasi bo'ldi.

-“Ba'zan mendan Oliy sudda nechchi nafar ayol bo'lish kerakligini so'rashganida, to'qqizta bo'lishi kerak deb javob beraman, odamlar hayron qolishadi. Nega? Ahir Oliy sudda to'qqiz erkak bo'lgani, hech kimni hayratda qoldirmaydi-ku”, deydi Rut.

1999 yilda unga yo'g'on ichak saratoni, 10 yildan so'ng esa - oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qo'yilgan. 2018 yilda Ginzburg yiqilib, uchta qovurg'ani sindirdi, shundan so'ng, shifoxonada tekshiruv vaqtida, o'pkada ikkita xavfli tugunni borligi aniqlandi. O'simta olib tashlanganidan keyin reabilitatsiyada bo'lgan Ginzburg o'z karerasi tarixida birinchi marta sud majlisini o'tkazib yubordi. Ammo shunga qaramay, u uydan ishladi va jarayonni diqqat bilan kuzatdi.

Bugungi kunda Rut Ginsburgning portreti futbolkalar, krujkalar va boshqa estaliklarda bosilgan va uni  Amerika adliya tizimining siymosi deb nomlashadi. Ikki yil oldin, hatto uning biografiasiga asoslangan, “Jinsingiz turi bo`yicha” (По половому признаку) nomli film ishlandi.

U feminizm, gender tengligi va gender zo`ravonlikka qarshi kurashning timsoliga aylandi. Hatto "gender" tushunchasi ham uning sharofati bilan qonuniy kuchga kirdi - uning kotibining maslahati bilan Ginzburg uni sud jarayonida qatnashuvchilarni chalkashtirmaslik uchun "jinsiy" so'zi (ya'ni "biologik jins") o'rniga ishlatishni boshladi.

Uning timsoli bugungi Amerika rasmiy tarixida eng taniqli hisoblanadi, lekin u hali ham uni suratga olishni xohlayotgan yoki hech bo'lmaganda uning yonida turishini istaydigan odamlani ko`rsa hayratlanadi. Ushbu insonlarning so'zlariga ko'ra esa, bo'yi atigi 155 santimetr bo'lgan bu kichkina, ozg`in ayol tom ma'noda ularga pozitiv quvvat beradi.

Albatta, boshqacha bo'lishi mumkin ham emas!

 

N.Kiyamova