Bilasizmi?

Sakkiz mo‘jiza

Dunyoda 8 mo‘’jiza borligiga ishonamiz lekin aslida aynan qaysilar haqiqiy mo‘’jizalar ekanini bilasizmi???

Bilmasligingiz aniq!!!

Men sizga bugun aytmoqchi bo‘lganlarim asl mo‘’jizalardir. Piramida va hokazolar esa aslida inson tomonidan bunyod etilgandir, haqiqiy hayotimizdagi mo‘’jizalar esa quyidagilardir:

1.Eshitayapmiz!!!

Bir zumga eshitmay qolishni tasavvur qilib ko‘ringa! Buni oldida mana man degan meditsina ham ojiz bo‘lib qoladi.

2. Ko‘rayapmiz!!!

Inson ko‘zi 296 megapiksel ko‘rishga qodir. Ko‘zlaringizni bir zumga yumib zulmatga cho‘mib ko‘ringchi! Bir umr shunday yurishni tasavvur qila olasizmi?!

3. His qilayapmiz!!!

Ushlagan narsalaringizni his qilishga, hidlarni his qilishga qodirsiz, dunyoni bemaza, shaklsiz his qilib ko‘ringchi!

4. Gapirayapmiz!!!

Kimdir sizga gapirayaptiyu, siz javob qaytarolmay fikrlaringizni aytolmay qanday yashashingizni tasavvur qilib ko‘ring!

5. Fikrlayapmiz!!!

Insonning hayvondan ham farqi aynan shunda ekanini unutmang, zero fiklash qobiliyatimizni, ongimizni yaxshiliklarga sarflash kerak!

6. Hursand bo‘lamiz!!!

Baxtsiz, quvonchsiz g‘am qayg‘uda bir umr yashashga sabr bardoshingiz yetarmidi?!

7. Mehr-muhabbat!!!

Hayotda mehr olmay, mehr bermay tosh yurak bilan yashashdan na ma’no? Zero gul ham mehr bilan sug‘orilgandagina unib o‘sadi!

8. Onalik baxti!!!

Ayolning vujudida, qoq yuragining tagida mitti yurakcha urib, 9 oy davomida shakllanib, mitti odamcha holiga kelib dunyo yuzini ko‘radi, ne azob uqubatlarda dunyoga keltirgan ona, birgina yig‘isini eshitib cheksiz quvonadi, katta bo‘lguncha jonini beradi, azoblarini ichiga yutadi, farzandining birgina tabassumi tabassumiga dunyolarni almashadi. Onalik mo‘’jiza bo‘lmay nima ahir!!!

Mana sizga haqiqiy mo‘’jizalar!!! Mo‘’jizalaringizdan faqat va faqat yaxshilik yo‘lida foydalanishingizga tilakdoshman!!!