Bilasizmi?

Samarqand yangi institut tashkil etildi. O‘qishga qabul qilinganlarning katta qismi to‘liq grant asosida o‘qiydi

Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Qaror bilan Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etilib, institut va uning qoshidagi akademik litsey Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

Institutda veterinariya va chorvachilik sohasi uchun yangi zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.

2018/2019 o‘quv yilida institut magistratura bosqichiga (50 kishi) O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Institutning bakalavriat bosqichiga qabul kvotasi 800 kishi, shu jumladan, to‘lov-kontrakt asosida 525 kishi, davlat granti asosida 275 kishi etib belgilandi.