Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi tomonidan Samarqand shahridagi avtobus va tramvay bekatlarida «Mobil kutubxona» tashkil etildi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.
Yo‘lovchilar virtual kutubxonadan o‘z smartfonlari orqali kitoblarning elektron nusxasini QR-kodni kiritgan holda bepul yuklab olishi mumkin.
Ayni paytda shahardagi bekatlarga milliy va jahon adabiyotining 200 dan ortiq nodir kitobi muqovasi surati va QR-kodi joylashtirilgan. Yo‘lovchilar ushbu kodni skanerlab, elektron kitobni, shuningdek, uning audioyozuvli variantini telefoni xotirasiga bepul yuklab oladi. Mobil kutubxonalarimizni bosqichma-bosqich ko‘paytirish va kitob fondini boyitishni rejalashtirganmiz.
U.To‘lqinov, Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazining birinchi toifali kutubxonachisi