1. Qizil achchiq garmdori
Achchiq garmdori tarkibidagi kapsaitsin moddasi organizmdagi saraton kasalligini keltiruvchi nitrozaminlar miqdorini nazorat qilishga yordam beradi.
2. Avokado
Bu mahsulot tarkibidagi glutation moddasi organizmdagi bo‘sh radikallar bilan kurashadi.
3. Sabzi
Sabzi tarkibidagi beta-karotin moddasi o‘pka, oshqozon, ichak va ko‘krak bezi saratoni kasalligining oldini olishga yordam beradi.
4. Sarimsoqpiyoz
Sarimsoqpiyoz odam immun tizimini kuchaytiradi. Undan tashqari, saraton kasalligini qo‘zg‘atuvchi moddalarni yo‘q qilish qobiliyatiga ega.
5. Ko‘k choy
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, ko‘k choy ko‘plab kasalliklar davosidir. U o‘pka, teri, oshqozon, yo‘g‘on ichak, oshqozon osti bezi, siydik pufagi, ko‘krak va prostata bezlarini saraton kasalligi to‘qimalari paydo bo‘lishidan himoya qiladi. Undan tashqari, ko‘k choy tarkibidagi polifenol moddasi vujudga kelgan shishlarning o‘sishini to‘xtatish qobiliyatiga ega.
6. Pomidor
Tarkibidagi polifenol saraton kasalligiga qarshi kuchli antioksidant hisoblanadi.
7. Dengiz o‘tlari
Dengiz o‘tlarida ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashish qobiliyatiga ega bo‘lgan yog‘ kislotalari mavjud.
8. Zarchava
Zarchava yallig‘lanishga qarshi kuchli ta’sirga egadir. Bu ayniqsa ichak saratoni vujudga kelmasligining oldini olishda foydalidir.
9. Zig‘ir urug‘i
Ushbu urug‘ tarkibida ko‘plab foydali moddalar mavjud bo‘lib, shu qatorda u antioksidantlarga ham boy. Undan tashqari, zig‘ir urug‘ida ko‘krak bezi saratoni va oshqozon saratoni kasalligidan himoya qiluvchi omega-3 yog‘lari ham bor.
10. Chernika
Bu meva nafaqat ko‘zlarimizga foydali, balki saraton kasalligiga qarshi kuchli antioksidantdir.