Maqoladagi 10 mahsulot saraton kasalligiga qarshi kurashishda foydalidir.
1. Qizil achchiq garimdori
Achchiq garimdori tarkibidagi kapsaysin moddasi organizmdagi saraton kasalligini keltiruvchi nitrozaminlar miqdorini nazorat qilishga yordam beradi.
2. Avokado
Bu mahsulot tarkibidagi glutation moddasi organizmdagi bo‘sh radikallar bilan kurashadi.
3. Sabzi Sabzi tarkibidagi beta-karotin moddasi o‘pka, oshqozon, ichak va ko‘krak bezi saratoni kasalligini oldini olishga yordam beradi.
4. Sarimsoq piyoz Sarimsoq piyoz odam immun tizimini kuchaytiradi. Undan tashqari saraton kasalligini qo‘zg‘atuvchi moddalarni yo‘q qilish qobiliyatiga ega.
5. Ko‘k choy Tadqiqotlar natijasiga binoan ko‘k choy ko‘plab kasalliklar davosidir. U o‘pka, teri, oshqozon, yo‘g‘on ichak, oshqozon osti bezi, siydik pufagi, ko‘krak va prostata bezlarini saraton kasalligi to‘qimalari paydo bo‘lishidan himoya qiladi. Undan tashqari ko‘k choy tarkibidagi polifenol moddasi vujudga kelgan shishlarni o‘sishini to‘xtatish qobiliyatiga ega.
6. Pomidor Tarkibidagi polifenol saraton kasalligiga qarshi kuchli antioksidant.
7. Dengiz o‘tlari Dengiz o‘tlarida ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashish qobilyatiga ega bo‘lgan yog‘ kislotalari mavjud.
8. Zarchava Zarchava yallig‘lanishga qarshi kuchli ta’sirga egadir. Bu ayniqsa ichak saratoni vujudga kelmasligini oldini olishda foydalidir.
9. Zig‘ir urug‘i Ushbu urug‘ tarkibida ko‘plab foydali moddalar mavjud bo‘lib, shu qatorda u antioksidantlarga ham boy. Undan tashqari zig‘ir urug‘ida ko‘krak bezi saratoni va oshqozon saratoni kasalligidan himoya qiluvchi omega-3 yog‘lari ham mavjud.
10. Chernika Bu meva nafaqat ko‘zlarimizga foydali, balki saraton kasalligiga qarshi kuchli antioksidantdir.