Shifokorlar kasalni davolagandan ko‘ra oldini olgan yaxshi deyishadi. Xalq tabobatida ham kasalliklarni oldini olish uchun ko‘pgina dorivor damlamalar tavsiya etiladi. Turli o‘sma kasalliklarni oldini olish uchun taomnomangizda doimiy bo‘lishi kerak bo‘lgan mahsulotlar haqida shifokor onkolog-mammolog Shahlo Azizova maslahatlariga quloq tutamiz.
1. Zaytun yog‘i. Bir kunda 1 qoshiq iste’mol qilish yetarli.
2. Ko‘k choy. 10 daqiqa damlab qo‘yib, kuniga 2-3 marta ichiladi.
3. Zanjabil ziravori. Ovqatga qora murch bilan birgalikda ishlatiladi, bo‘lmasa hazm bo‘lmaydi. Kuniga bir chimdim ishlatish kifoya.
4. Quritilgan, muzlatilgan olcha, malina, qorag‘at (chernika)ni ko‘p iste’mol qilish lozim.
5. Olxo‘ri, shaftoli, o‘rik mevalarini tez-tez iste’mol qilish.
6. Sabzavotlar, karamning barcha turlari ayniqsa dimlab pishirilgani juda foydali.
7. Sarimsoq va piyozni kuniga xomligicha yoki zaytun yog‘ida yengil qovurib yesa xam bo‘ladi.
8. Qo‘ziqorin. Turli xillarini iste’mol qilish mumkin.
9. Qora shokolad. Ayniqsa tarkibida kakao miqdori 70 foiz bo‘lgani foydali, sutli shokolad bundan mustasno.
10. Pomidor. Zaytun yog‘ida dimlangani juda foydali.
Qanday mahsulotlarni kamroq iste’mol qilgan ma’qul?
- Shakar.
- Non. Oq bo‘lka non, pishiriqlar, guruch, ko‘p qaynatiladigan makaronlar.
- Spirtli ichimliklar.
- Margarin va yog‘lar.
- Kartoshkaning qovurilgani, chipslar, pitssalar, xot-doglar va boshqa fast-fudlar.
- Quyoshda turgan plastik idishdagi suv.
Qaysi mahsulotlardan ko‘proq?
- Asal, qora non, bug‘doy non, qora guruch, grechka, suli yormasi (ovsyanka), yasmiq doni (chechevitsa), loviya, shirin kartoshka, mevalar.
- Uyda tayyorlangan limonad, sitrus mevalar po‘stlog‘idan tayyorlangan choylar.
- Zaytun yog‘i, zig‘ir yog‘i, tabiiy sut mahsulotlari. Sabzavotlar. Mayda baliqlar. Tabiiy go‘sht mahsulotlari, tuxum.
- Po‘stlog‘i olingan meva va sabzavotlar.
- Filtrlangan suv, mineral suv (shisha idishlarda).
Ro‘zg‘orda ishlatiladigan kimyoviy vositalarga ham ehtiyot bo‘ling!
Bulardan voz kechgan ma’qul
1. Alyuminiy qo‘shimchali dezodorantlar va antipersperantlar
2. Gormon, paraben va ftolatlar qo‘shilgan kosmetik vositalar: shampun, tirnoq bo‘yog‘i, soch bo‘yog‘i, ko‘piklar, quyoshdan saqlovchi kremlar.
3. Hasharot va kemiruvchilarga qarshi vositalar.
4. Plastik idishlar.
5. Teflon qobig‘i shikastlangan tovalar.
6. Maishiy tozalaydigan va yuvuvchi moddalar.
7. Tarkibida ftolatlar bor atirlar
O‘rniga quyidagilarni ishlatishingiz mumkin
- Tarkibida alyuminiy bo‘lmagan tabiiy dezodarantlar (dorixonalardan so‘rang)
1. Paraben va ftalatlar bo‘lmagan, tabiiy kosmetika.
2. Takibida efir yog‘lari va borat kislota bor vositalar.
3. Shisha va keramikadan tayyorlangan idishlar.
4. Teflon qobig‘i shikastlanmagan idishlar.
5. Ekologik toza maishiy tozalovchi kukunlar va vositalar.
Feruza NAJIMOVA tayyorladi
Manba: Darakchi.uz