Oshxona

"Saraton" salati: baqlajondan to‘yimli yegulik

Zarur masalliqlar: 3 dona baqlajon, 2 donadan tuxum va pomidor, bitta kartoshka, 3 bo‘lak sarimsoqpiyoz, kinza, o‘simlik yog‘i, tuz, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Baqlajonlarni aylana shaklda to‘g‘rang. Tuxumni tuz bilan atalab, baqlajonlarni belab oling-da, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida ikki tomonini ham qizartirib qovuring.

2. Kartoshkalarni maydalab somoncha shaklida to‘g‘rab, qizartirib qovurib oling. Qovurilgan baqlajonlarni uzunasiga kesing.

3. Pomidorni ham uzunchoq qilib maydalab to‘g‘rang. Kinzani maydalang. Barcha masalliqlarni (eng oxirida kartoshkani solasiz), aralashtirib, tuz, murch sepsangiz bas.

3 kishilik

25 daqiqa

Manba: Darakchi.uz