Salomatlik

Saratonga qalqon — ismaloq

Bu ko‘kat fitonutriyentlarga boy bo‘lgani uchun xavfsiz o‘smalarning ildiz otishiga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki fitonutriyentlar o‘smani oziqlantiruvchi mayda qon tomirchalari paydo bo‘lishining oldini oladi. Ismaloq, ayniqsa, ichaklar va prostata bezi saratonidan himoyalovchi samarali vosita hisoblanadi. Kuniga 55 gramm ismaloq iste’mol qilsangiz A darmondorisining kunlik miqdorini qabul qilgandek bo‘lasiz. O‘simlikdagi barcha foydali moddalarga to‘lig‘icha ega chiqishni istasangiz uni ishlov bermasdan, salatlarga qo‘shib tanovul qiling.

Kimlarga mumkin emas: ismaloq buyraklarda tuz va toshlar yiјilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun buyrak-tosh xastaliklaridan aziyat chekuvchi bemorlarga ismaloq tanovul qilish tavsiya etilmaydi.

Go‘zalligimiz uchun: bir necha dona ismaloq bargini maydalab, unga bir osh qoshiqdan asal va o‘simlik moyini qo‘shasiz. 2 choy qoshiq maydalangan banan pyuresini ham solib, 10 daqiqaga yuzga surtasiz. So‘ng iliq suv bilan yuvsangiz, kifoya. Bu niqob quruq teri sohibalari uchun, ayniqsa, foydali. Yog‘li yoki aralash teriga esa 1 dona tuxum oqi bilan bir nechta ismaloq bargini maydalab qo‘shilgan niqobdan foydalanish tavsiya etiladi. Mazkur niqoblar lifting ta’sirga ega kremlardan aslo qolishmaydi. Ularni haftada ikki bor qo‘llash ko‘zlangan natijani tezlashtiradi. Muolajadan so‘ng yumshatuvchi krem surtish yoddan chiqmasin.

Manba: Darakchi.uz