Saudiya Arabistoni tarixida ilk bor ayollarga haydovchilik guvohnomasi berildi, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Qirollik Yo‘l politsiyasi o‘zining Twitter'ida ayollarga haydovchilik guvohnomasini topshirish aks etgan videolavhani joylashtirdi. Guvohnoma olgan ayolning ismi noma’lum, lekin uning xalqaro guvohnomasi bo‘lganligi aytib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ben Abdul Aziz al-Saud boshqa mamlakatlar haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan ayollarga qirollik guvohnomalari berishga ruxsat bergan edi. Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, ushbu voqea Qirollik uchun “tarixiy” voqea bo‘lgan.
Aytish joizki, Saudiya Arabistonida oldin ham ayollarga avtomobil haydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’qiqlanmagan edi, lekin haydovchilik guvohnomalari oldin faqat erkaklarga berilar edi. Ayol kishi avtomobil boshqargani ma’lum bo‘lsa unga katta jarima solinishi mumkin bo‘lgan.