Bilasizmi?

Saudiyada faqat ayollar uchun avtosalon ochildi

Saudiya mamlakatida joylashgan avtosalonga ayol mahrami bilan borishi shart emas, salonda xizmat qiluvchilar va sotuvchilar ham ayollardan iborat. Avtosalon ma’muriyati ayol xodimlar xaridorlarning savollarini javobsiz qoldirmasligini ta’kidlaydi. Erkaklar avtosalonda rafiqasiga begona nazar tushishidan xavotirlanmasa ham bo‘ladi. Saudiyada bunga qattiq rioya etishadi.

Eslatib o‘tamiz: o‘tgan yili Saudiya Arabistoni podshohi Salmon 2018 yilning iyunidan boshlab ayollar mashina boshqarish uchun guvohnoma olishi mumkinligi haqidagi farmonni imzolagan. Shungacha Saudiya ayollarni mashina ruliga o‘tqazmaydigan dunyodagi yagona davlat edi.

Aytish kerakki, yaqinda qo‘shni Turkmanistonda ayollar mashina boshqarilishiga taqiq o‘rnatilayotgani xabar qilindi.

Podshoh farmoni imzolangach, ijtimoiy tarmoqlar qizg‘in munosabat bildira ketdi. Yirik avtokompaniyalar ham mavzudan chetda qolmaydi.

Yuqoridagi rasmli tvit Ford kompaniyasiga tegishli bo‘lib, unda qora burqadagi ayolning orqani ko‘rsatuvchi ko‘zguda aks etgan ko‘zlari tasvirlangan. Kreativ surat.

Volkswagen o‘z munosabatini naqshli mushtlar bilan ifodaladi.

Jaguar bejirim ayollar sumkasiga mashina kalitini solib qo‘ydi.

Tarmoqning boshqa faollari ham ayni mavzudagi turli suratlar joyladi.