Salomatlik

Semizlikka jihod

Hullas, men asli oxirgi paytlarda moda bo‘lib borayotgan ozishga qiziqqanim yo‘q. O‘zimning shaklu-shamoyilim o‘zimga juda yoqadi-yu, ammo hammada bo‘lgani kabi menda ham bir oz kamchiliklar bor. Ammo o‘zim yoqimtoyginaman, shuning uchun bu kamchiliklarim ko‘rinmay ketadi.

Bu kamchiliklardan biri - homiladorlikdan so‘ng qornim chiqib qolgan va bo‘ksalarimda “biroz” quloqchalar paydo bo‘lgan. Albatta ertalab o‘zimni oynadan berkitgandan ko‘ra, yoqimtoyligimga ishonish osonroq.

Ammo bahor bu bahor. Bahor kirishi bilan hamma narsa go‘zallashadi. Shunga bo‘lsa kerak, hamma qatori men ham o‘z go‘zalligimni yanada oshirish payiga tushib qoldim. Albatta, “ha, demak aytganingizdek go‘zal emas ekansizda”, deb aytishingiz mumkin. Ha, endi go‘zallikka go‘zalmanku-ya, ammo hayolimdagi go‘zallik siymosi biroz o‘zgarganda. Erginam ham buni darrov sezdi shekilli, uzuq-yuluq bir ikki marta so‘z orasida buni eslatib ham o‘tdi. Yana bu er ((e-voh, nahotki bu erga (yerga demoqchi edim, ha mayli er bo‘laqolsin) hayotimning eng gullagan bahorlarini bag‘ishladim-a), uyalmay netmay, nozikkina ayollarga ko‘z tashlaydigan bo‘lib qoldi. Yana bu bo‘yning qo‘rg‘urlar har qadamingda uchraydi-ya. Ha, behayo-sharmandalar, ammo qanday qilib bunday go‘zal qomatlarini saqlarkinlar-a?

Hullas, ozish haqidagi o‘ylar bazi-ba’zida hayolimga mehmonga keladigan bo‘lib qolishshdi. Oxir-oqibat “uyalmagan mehmon” bo‘lib o‘sha yerda butunlay yashab qolishdi. Har gal birorta qomati ketvorgan qizni ko‘rsam, o‘zimga rahmim keladigan, unga esa hasad bilan qaraydigan bo‘lib qoldim. Oh, maning asab tolalarim, har biri naq oltindanu, ammo kundan kun erib borishardi. Bilsanglar agar, asab tolalari tiklanmaydi-ya.

Bir kun dush tagida turib o‘z kamchiliklarimni ko‘zdan kechirdim. Tanamning har bir santimetrini naq ko‘zim bilan o‘lchab chiqdim-a. Oqibatda mushtimni tugib, sheypingmiyey, fitnismiyey, o‘sha oting qurg‘urga qatnashishga qaror qildim. Shunday kurslarni izlab ham topdim, “Hamma muskullar uchun mashqlar. Lyuboy saviyadagi odamlarga ham bo‘laveradi”, deb yozilgan ekan. Eng yaxshisi - uyimizning yonginasida. Ikkinchidan, ishxonadagilar kim bu kurslarga borgan, kim qancha ozgan va yana bir narsalar deb naq quloqlarimni qomatga keltirib tashlashdi. Yo‘q, man oldin bunday mavzular bilan umuman qiziqmasdim. Mana endi gaplashish uchun umumiy mavzu ham topildi. Uchinchidan, bu kurslarning reklomi bor gazetani erim , go‘yoki “tasodifan”, dasturhon ustida "unutib" qoldirgan. (Man bu erga hayotimning eng gullagan bahorlarini baxshida qilganman-a. Shunaqaligini bilganimdami, eh...)

Yana bir bora e’lonni o‘qib chiqdim. Bu “lyuboy saviya uchun” bo‘lgani judayam yahshi bo‘ldi. Yo‘q! Yana siz "bu umrida sport bilan shug‘ullanmagan bo‘lsa kerakda", deb o‘ylamang. Man, bilasilarmi, qanaqa sportsmenkaman. O‘tgan yili, shu desangiz, man 3 kun (naq 3 kun-a!) ertalab “o‘tirib turish” mashqini qildim. Keyin bir hafta(!) press kachat' qildim. Ammo pol qurg‘urning rosa g‘irchillashi bir haftada pastki qo‘shnimning sabr kosasiga oxirgi tomchi bo‘lib quyildi shekilli, meni ko‘rib qolib: “Qo‘shni, ertalab eriz bilan nima qilasizlar? Jaa bizani potalogimizgacha g‘ijillab ketdiku” dedi. Ha, yuzing qurg‘ur, yana manga tirjayadiya, qulog‘ingni yopib tursang bo‘lmasmidi, shu pol g‘ijirlaganda. “Voy, qo‘shni pizkultura qivotuvdim”, desam, qo‘shnim nimagadir mayus bo‘lib qoldi. Ha, aytishicha, bunaqa pizkultura bilan ular ba’zan bayramlarda shug‘ullanisharkan. Heh, bizada ko‘p bunaqa “pizkultura”.

Nima haqida gapirayotgandim? Ha, bo‘ldi, esladim. Mani uyimdachi, yana gantellar ham bor. To‘g‘risi bu gantellar eshik yopilib ketmasligi uchun unga taqab qo‘yilgan-u, ammo baribir gantellarim bor-da. Mana ko‘rasiz, o‘sha zalga boramanda, hamma yog‘imdan chiroyli muskullarim chiqib, sarviqomat go‘zalga aylanaman. Ko‘rganizda sizgayam alam qilib ketadi.

Avvaliga hech narsa bir balo kelishidan darak bermadi. Oddiygina zal va har xil jussali “xola”lar. Faqat hammasi eskisi chiqqan triko-yu, maykalarda. Yana hech qaysisi pardoz qilmagan. Bilsangiz agar, ayol kishi hamma joyda go‘zal bo‘lishi kerak. Man zalga kirganimda hammasi manga shunaqangi qarashdiki, mana ayol qanaqa bo‘lishi kerak. Ko‘rib qo‘yinglar, ayol chiroyli pardozli va qimmatbaho sport kiyimida bo‘lishi kerak.

Hamma ayollar oldida step-platformalar turardi. Zalda yovvoyi, sho‘h qo‘shiq taralardi. Trener hali kelgani yo‘q. Mashqlarni boshlashdan oldin muskullarni biroz qizdirib olish kerakligini eslab, bir ikki sakradim, oyoq-qo‘llarimni silkitdim, bo‘ynimni aylantirdim. Men ham sportda hamma narsani bilishimni atrofdagilarga ko‘rsatib qo‘ydim. Ho‘sh, bu trener keladimi, yo‘qmi o‘zi? Bu qanaqa gap bo‘ldi, qani trener?

Shu payt trener kirib keldi, u kichkinagina muskulli ayol edi. Menga boshdan oyoq razm soldida, qandaydir yovuz tabassum bilan dedi:

- Birinchi marta kelibsiz, chog‘i? Agar judayam qiynalib ketsangiz biroz dam olishingiz mumkin, - endi hammaga murojaat qilib. – Qani qizlar, boshladik.

Besh daqiqa o‘tdi, ooo mazza! Musiqa ohanglari ostida sakrash qanday maroqli! Faqat ko‘krakpeshni qattiqroq taqish kerak ekan. Ko‘kraklarim mendan alohida sakrashga harakat qilishayapdi. Nega avval bu yerga kelmagan ekanman-a? Sport bilan shug‘ullanish kerak ekan, sog‘lom hayot tarziga salomlar!

Yetti daqiqa, uchish yahshi ketayapdi. Ammo qanaqadir g‘alati his paydo bo‘layapti. Nahotki 50 daqiqa mana shu tarzda sakrasak?

O‘ninchi daqiqa, uchish sekinlashdi. Endi tushundim bu yerga ayollar nega pardozsiz kelishganini. Bir dunyo pulga olgan upa jildirab oppoq futbolkamga oqib tushayapti. Atrofimdagi 20 ayol yuzlariga temir niqob kiyib oyoq qo‘llarini likkillatib sakrayaptilar. Oh, erkaklar armiyasiyam bularning oldida hech gapmas.

O‘n ikkinchi daqiqa. Trener holamning yuzi hatto qizarmadiyam (axir uyam biz tengi sakrayaptdi-da)

- Qani qizlar, tezroq, tezroq. Yana to‘rt marta, keyin sekinlashamiz.

O‘n beshinchi daqiqa. Yorilib ketaman hozir. Oyog‘imni yana bir bor ko‘targanimda uzulib tushsachi? Qiziq, qo‘limam o‘sha payt uzilib tusharmikin, yoki sal keyinroqmi? Bilib qo‘yinglar, man yorilsam, zalni rasvosi chiqadi. Aaa, endi tushundim nimaga bu xolalar step platformani shuncha tepishayapti. Man o‘zimnikini ko‘rarga ko‘zim qolmadi. Mana sanga, mana! Iloyim sinib tushgin!

Yigirmanchi daqiqa. Gilamchalarni olamiz. Trener holamning aytishlaricha, hozir press kachat' qilarmushmiz. Tizzalarim qaltirab ketayapdi. Oyoqlarim mandan alohida ravishda gilamcha izlashga ketdi. Voy, har tugul, sakramas ekanmizu, ko‘ngillarim ozib ketdi-ya, sakriyvurib. Gilamcha ko‘zguning yonida. Borganimda o‘zimni ko‘rib qo‘rqib ketdim, yo o‘zimdanmas, mani ko‘rganlarning ahvolini tasavvur qildim-de, bugun tochno uhlolmiydi. Yaxshiyam bu zalda erkak zoti yo‘q, bo‘lmasa, bilmadim, nima bo‘lardi. Sport zallarining yonginasidan doktorxonalar qurish kerak. Atrofga qarasam, voy-bu, anu xolalayam mani rangimga kirishibdi-yu. Yuzimizga qarasangiz, naq bayroq deysiz. Qiziliyam bor, oqiyam bor, ko‘kiyam bor.

Yigirma ikkinchi daqiqa. Oyijoon! Voy man tinchgina o‘sha sakrashimmi qivurmiymanmi? O‘lsamam sakrab o‘liy. Voy man oyog‘imni bo‘ynimga chiqaromiyman. Mani u yerimda muskul yo‘q. Oshqozonimda ertalab yegan ovqatim bilan asab tolalari bor, holos.

Yigirma beshinchi daqiqa. Kimdir gaz chiqardi. Ha, har holda press uchun mashqlar befoyda ketmasakan. Boshqa sayyoradan yashil odamchalar kelib, odamlarni shunaqa qiynasa kerak. Chunki o‘n beshinchi qayrilib o‘ralishdan so‘ng, man dunyoni hamma sirlarini aytib berishga tayyorman.

- Hi, yotvolibsiz? Qani ishlating muskullarni. Yoki chiqqan qorincha bilan qolmoqchimisiz? Qani ishlanglar, qizlar, ishlanglar.

Qaravoringlar, yaqin o‘rtada birorta og‘irroq narsa yo‘qmi?

Agar mabodo hozir o‘lib qolsam, mani eng oxirgi o‘ylantirgan narsa qorin bo‘ladi. Sekin polga erib tushaman, nafas olvoliy. Ko‘zgudan hammaning har hil razmerdagi orqasi ko‘rinadi. Yuzlaram naq pushti rang, ha yo‘q, qip-qizil rang bo‘lib ketgan. Hammaning yuzida temir maska – yog‘larimiz bilan jang olib bormoqdamiz!

O‘ttizinchi daqiqa. Guruhdagilarning hammasi zombiga o‘hshaydi. Hech kim tekis o‘rnidan turolmaydi. Hamma u yondan bu yonga chayqaladi. Sochlar yoyilib ketgan, ko‘zlar chaqnaydi.

Kechirasiz trener xola, man bunaqa pozani qilolmiyman, mani oyoqlarim umuman boshqa joydan o‘sgan. Yo‘q, harakat qilib ko‘rishshiyam istamiyman. Yo‘q, bu trener xolam odam zotidan bo‘lmasa kerak. Xolamdan ozgina yerini bildirmasdan olib, analizga berish kerak. Tekshirishsinchi, bu odammikin, yo rezinkami? Oddiy odam bunaqa tugunlarga aylanomiydi.

O‘ttiz beshinchi daqiqa. To‘g‘ri, to‘g‘ri endi otjimaniya qilmasak bo‘ladimi?! Trener xolam rezinka emas, bizani qiynagani boshqa planetadan kelgan maxluq. Tanam manga quloq solishdan bosh tortadi. Go‘yo pol artadigan lattaday boshqa hech narsaga yaramayman, deganday.

- Ho‘sh qizlar, platformaga kelinglar. Ko‘kraklarimiz platformaga tegsin, qo‘llarimiz bilan tanamizni ko‘taramiz. Kimning ko‘kragi platformaga tegsa, demak, ko‘krak chiroyli bo‘ladi.

Mani ko‘kragim tegdi, faqat keyin o‘sha kuyi platformada yottim-qoldim. Buniyam sanasa bo‘ladimi?

Qirqinchi daqiqa. Man endi o‘tiromiyman. Oyoqlarim egilmiydi. Nima? Qo‘limdagi jimjilog‘im bilan oyog‘imdagi kichik barmog‘imni ushliy? Aqlizdan ozibsiz, shekilli. Nima qilayapsiz, o‘zi?! Yo bizani erlarimiz birato‘la o‘lidirib bering, deb sizdan iltimos qilishganmidi? Voy, xola, o‘lib qolamiza-yu, buniyam qilsak. Agar taxta bo‘lsam mani sindirib shunaqa pozada qoqib qo‘ysa bo‘lardi. Voy fashist! To‘xtang, qatga ketayapsiz endi, aaaaa! To‘xtang, voy qullug‘iz bo‘liy, ketmang. Yoyib qo‘ying mani endi. Qaddimmi rostlab qo‘yinglar, baraka topgurlar. Mashinaga o‘tiromiymanu, bunaqa tugun bo‘lib.

Qirq beshinchi daqiqa. Yashirinib olgim kelayapdi. Mayli, alvido, man bilan bu g‘amu-qayg‘ularni birga kechirgan xolalar. Man sizlar haqlaringda yomon hayollarga borgan ekanman, kechiringlar. Endi tushundim. Ammo o‘lgim kelmayapti. Man hali judayam yoshman. Oxirgi mashqlarda o‘lib qolmaslikka harakat qilaman. Ammo, trener holam “uch” deganda uzilib tushmasam bo‘ldi. Kechiringlar mani hammasi uchun.

Elliginchi daqiqa. Qaysidir baraka topgur mani butun sport zal buyicha yig‘ib-terib, devorning yoniga olib borib qo‘ydi. Mashqlar tugadi. Ikki kundan keyin yana kelishimiz kerak. Lekin man hech qayerga ketmayman. Yaxshisi, mani shu zalni o‘rtasiga ko‘mib qo‘yinglar. Keyin tepamga “Mashqlarning oxirgi 50-daqiqasigacha turib berdi, ammo qahramonlarcha...” deb yozib qo‘yinglar. Yangi kelganlar ko‘rsin shuni.

Allo, er? Kelib mani qoldiqlarimni olib keting. O‘zim? Yo‘q, o‘zim boromiyman. Faqat agar tez yordam jo‘natsangiz, zambili bilan.

Tong. Voy-dod! Kecha manga judayam yaxshi bo‘lgan ekan. Eng yomoni endi boshlandi! Mani kecha beton aralashtiradigan mashinada aylantirishgan bo‘lsa kerak. Yo‘q, avval go‘sht qiymalagichdan o‘tqazishgan. Keyin bolg‘a bilan urishgan. Tanamda faqat ko‘zlarim og‘riqsiz harakat qila olyapti. Mani vasiyatimni olib kelinglar. Boshqatdan yozay, kimga mol-mulkimni qoldirmoqchiligimni? Sevimli ovsinimga o‘sha zalning barcha mashqlariga qatnashishi uchun pulini to‘lab qo‘yay. Er! Kecha siz mani go‘zal va navqiron ko‘rgandingiz. Kechagi holatimni eslab qoling. Bugun manga umuman qiyo boqmang. O‘zi hamma ayb sizda! Nimaga? Chunki hozir turib ustimni kiyib boshlaganimdayoq o‘lib qolaman, uvolimga qolasiz-a!

[мессаге тйпе="инфо" титле="Инфо"]Mazkur maqola ayol.uz saytida 2008 yil 25 May kuni chop etilgan edi.[/мессаге]