Bilasizmi?

Sepkilni uy sharoitida qanday bartaraf etish mumkin?

  • Bahorda va erta yozda petrushka barglari va poyasidan niqob tayyorlasangiz, kuzda bu niqobni uning ildizidan tayyorlang. Buning uchun petrushka go‘shtqiymalagichdan o‘tkazilib (2 osh qoshiq bo‘lsin), tozalangan yuzga 20-30 daqiqaga surtib qo‘yiladi (ko‘z atrofidan tashqari). So‘ng sovuq suvda yuvib, hali nam teriga oziqlantiruvchi krem surtiladi.
  • Toza bodringni aylana shaklda to‘g‘rab, 20 daqiqaga yuzga terib quying. So‘ng olib tashlang. Yoki kun davomida yuzingizni bodring sharbati bilan artib yuring. Uni yuvib tashlash shart emas.
  • Bir hovuch momoqaymoq gullari ustidan qaynagan suv quying. Sovigach, tindirib biror shisha idishchaga solib qo‘ying. Bu loson bilan sepkillar zich joylashgan doylarni artib, 30 daqiqadan so‘ng yuvasiz.
  • Shuningdek, bahor quyoshidan yuzingizni himoyalang. Maxsus kremlardan foydalaning.

Manba: Darakchi.uz