Bilasizmi?

Sevgi haqida ajoyib hikoya

Yigit bilan qiz hayvonot bog‘iga borishdi. Urg‘ochisi bilan o‘ynayotgan maymunni ko‘rishdi. Qiz: «Qanday romantik sevgi?!» deydi.

Qafasdagi sherlarning oldiga borishganda ular jimgina o‘tirgan ikkita sherni ko‘rishdi, sherning urg‘ochisi narida yotardi. Qiz: «Qanday g‘amgin sevgi» deydi.

O‘shanda yigi: «Ularga bo‘sh shisha butilkani tashlagin, nima bo‘lishini ko‘rasan». U butilkani tashladi. Sher irg‘ib sakrab, o‘z urg‘ochisini himoya qildi.

Yigit «Maymunlar qafasiga tashla», debdi. Qiz butilkani tashlaganda maymun butilkadan o‘zini himoya qilib, urg‘ochisini tashlab qochdi. Yigit qizga «Oldingda o‘zini namoyon qilayotgan odamlarga aldanma. Odamlarni o‘zining soxta tuyg‘ulari bilan aldaydiganlar bor. Shunday insonlar borki, o‘z tuyg‘ularini sevgiga chulg‘angan yuraklariga ichiga yashirishadi» dedi.

Donolik ziynatining cho‘qqisi: maymunlar qanchalar bo‘lsa, sherlar shunchalar kam.

Xurshida Xonim