Oila

"Sevgining 5 ta tili" asari muallifi Geri Chempendan hayotiy tavsiyalar

Geri Chempenning "Sevgining 5 ta tili" asari oilada bir-birini yaxshiroq tushunish, o‘z juftiga bo‘lgan muhabbatni qanday qilib to‘g‘ri ko‘rsatishga o‘rgatadi. Uning quyida keltirilgan ibratli fikrlari oilaviy hayotingizdagi eng yaxshi yo‘riqnomaga aylanishi mumkin.

  1. Har bir kishi o‘z muhabbatini qanday qilib ifodalay olishni biladigan uyda yashash qanday yaxshi!
  2. Sevgi haqida yozilgan deyarli barcha fikrlar shuni tasdiqlaydi — sevish - o‘zini bag‘ishlay olish demakdir.
  3. Bir-birimizni tushunishni istasak, bir-birimizning istaklarimiz haqida yaxshi bilishimiz lozim.
  4. Kechirish — muhabbatga tomon yo‘ldir.
  5. Eski xatolar bilan qilish mumkin bo‘lgan eng yaxshi ish - ularni tarixga aylanishiga imkon berish.
  6. Iltimos muhabbatni ifodalashga imkon beradi, buyruq esa uni o‘ldiradi.
  7. Turmush o‘rtog‘ingiz bilan har kuni suhbatlashishni odat qiling. Har biringiz hech bo‘lmaganda kun davomida sodir bo‘lgan uchta voqea haqida bir-biringizga hikoya qiling, o‘z hissiyotlaringizni bo‘lishing. Dastlab shundan boshlang. Bir necha oy, balki hafta o‘tib, bir-biringiz bilan suhbatlashishingiz ancha yengillashadi.
  8. Qiyin damlarda turmush o‘rtog‘ingiz yonida turish, unga hadya etishingiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi sovg‘adir.
  9. Juftingizni biror narsaga erishish uchun maqtamang. Bu muhabbat emas. Turmush o‘rtog‘ingizni unga quvonch bag‘ishlash uchun maqtang.
  10. Bolalar o‘zining kutilgan va kerakli ekanligini his qilishi lozim. Agar shunday bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan ular mukammal insonlarga aylanadi.
  11. Biz dunyoni turmush o‘rtog‘imizning ko‘zi bilan ko‘rishimiz lozim. Uning uchun nima muhim ekanligini bilib olishimiz kerak. Faqat shundagina uni haqiqatan qo‘llab-quvvatlay olamiz.
  12. Yonimizda yaqin, sevimli insonimizning bo‘lishiga har birimiz muhtojmiz. Shuning uchun ham oila barpo etiladi.
  13. Bir narsani anglab yetishga harakat qiling, hozir siz uning dunyosiga kirishni istamayapsiz, keyinroq uning o‘zi dunyosiga kirishingizga ruxsat bermaydi.
  14. Biror ishni birgalikda bajarganingizda umumiy xotiralar paydo bo‘ladi. Bu esa tuganmas quvonch manbasidir.
  15. Nima bo‘lganda ham shunday qonuniyat mavjud: bizni maqtashganda, biz minnatdor bo‘lamiz va har qanday iltimosni bajarishga qodir bo‘lamiz.