1.Oshiqlik (jalb qilishning bosqichi)
2.O‘rganib qolish (to‘yinish bosqichi, keyinchalik zerikib ketish)
3.Janjallar (jirkanish bosqichi)
4.Sabr
5.Xizmat qilish
6.Do‘stlik
7.Sevgi
Ana endi batafsil.
1.Qoidaga ko‘ra, munosabatlar oshiqlikdan boshlanadi. Erkak va ayol bir-biriga maftun bo‘lib qolishadi, ehtiros, his-tuyg‘ular, romantikaga g‘arq bo‘lishadi. Konfet-guldasta bosqichi gormonal fonga asoslanadi. U 3 oydan 2 yilgacha davom etadi.
2.O‘rganib qolish bosqichi davom etadi. Romantik munosabatlar o‘z avj cho‘qqisiga chiqqanida kundalik odatga aylanib qoladi. To‘yinish bosqichi. So‘ngra esa zerikish. Bu munosabat momaqaldiroqdan oldingi tabiat hodisasini eslatadi: barchasi shubhali tarzda sokin, tinch, lekin havo boshqacha.
3.Janjallar. Jirkanish bosqichi. Nizo yetildi va ochiq namoyon bo‘la boshlaydi.
Bu uchta nuqta ko‘p uchraydigan munosabatlar rivojining bosqichlari bo‘lib ifodalanadi. Janjallar bosqichida odamlar boshqalar bilan ularga omad kulib boqishiga ishonib qolishadi. Lekin afsuski holat takrorlanadi.
4.Sabr. Bu bosqichda mojaroga bardosh kerak ekanligini tushunib yetishadi. Bu janjal o‘tib ketadi, munosabatlar yangilanadi. Yangi halqa boshlanadi. Yana oshiqlik, o‘rganib qolish, janjallar, sabr va ...yangi halqa.
Bu yana bir munosabatlar rivojining ko‘rinishidir. Endi ular uzoqroq davom etadi. Sheriklar endi janjallar bor-yo‘g‘i ma’lum bosqich ekanligini bilishadi, shundan so‘ng munosabatlarning yangi halqasi boshlanishini bilishadi. Bunday juftliklar sabrlari tugaganida yoki ajralib ketishadi, yoki ularda haqiqiy barqaror hamohang munosabatlarni izlash istagi paydo bo‘ladi. Ana shunda ular keyingi bosqichga ko‘tarilishadi.
5.Xizmat qilish. Bu munosabatlarni rivojlantirishning muhim yondoshuvidir. Maqsadga ko‘ra, faqat shu bosqichda biz «sevgi» tushunchasiga yaqinlashishni boshlaymiz. Agar o‘tgan bosqichlarda sabablar o‘taketgan manmanlik bo‘lgan bo‘lsa, bu yerda sherigiga xizmat qilish, uni qondirish uchun harakat qilish fikri tug‘iladi.
6.Munosabatlarni rivojlantirishning keyingi bosqichi – do‘stlik. U o‘tgan bosqichga asoslanadi; juftliklarda «ishonch banki», minnatdorlik yig‘ilsa.
7.SEVGI! Bu uzun va qiyin yo‘lning oxirida juftliklar xizmat qilib topgan mukofotlariga, ya’ni haqiqiy sevgiga erishishadi. Endi bu sevgi barham topmaydi, vaqt o‘tishi bilan kuchsizlanmaydi, faqat kuchayib boradi.
Bosib o‘tilgan barcha 7 ta bosqich taxminan 12 yil va undan ko‘proqni egallaydi.
Xurshida Xonim