Bilasizmi?

Shifo maslahat: qovoq urig‘i parazitlarni tushiradimi?

— Xalq tabobatida xom qovoq urug‘ini iste’mol qilish organizmdagi parazitlarni tushirishda yordam berishi aytiladi. Chindan ham shu rostmi?

J.Ermatova, Sirdaryo viloyati

Nodira HAMROYeVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Haqiqatan ham qovoq urug‘ini xomligicha quritib, ichidagi mag‘zi nahorga yeyilsa, gijjalarni tushirishga yordam berishi mumkin. Ammo bu ko‘makchi vosita bo‘lib, shifokor buyurgan asosiy muolaja bilan birgalikda bajarilsa, naf berishi mumkin. Bordi-yu faqat qovoq urug‘i iste’mol qilinishi bilan kifoyalansangiz, natija kutilganidek bo‘lmaydi. Qovoq urug‘i yeyilganida sut-qatiq mahsulotlari iste’mol qilinmasligi lozim.

Manba: Darakchi.uz