Shimni dazmol qilishdan avval uni cho‘tka yordamida tozalash lozim.
Agar shimning tizza qismi cho‘zilib qolgan bo‘lsa, birinchi navbatda shu yerni dazmollang. Shimganam matoni qo‘yib qurigunga qadar dazmolni bosib turing, ammoyurgazmang. So‘ng shimni ichki va tashqi tomonini tekislab, ho‘l mato yordamida qattiq bosib, dazmol qiling.
Shimdagi yaltiroq izlarni yo‘qotish uchun sirkali suvda (1 stakan suvga 1 qoshiq sirka) matoni ho‘llang, so‘ng dazmollang.
Shimning chizig‘i siz xohlagandek chiqishi uchun uning ichki qismiga quruq sovun surting, so‘ng odatdagidek dazmol qiling.
Shimga dazmol bosgach, uni yarmi soat dazmol taxtaning ustida qoldirish kerak. U biroz “sovib” olishi lozim. Dazmol qilingach darrov shkafga ilingan shim tezda o‘z holatini yo‘qotib qo‘yish ehtimoli bor.
O‘tkir jism bilan kesilgan shimni tikish shart emas. Shimga o‘xshash mato topib, teskari tomoniga tuxum oqini tomizing. So‘ng matoni yirtilgan joyga qo‘yib, ustidan dazmol yurg‘izing.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi