Yel universiteti olimlari shakar ichak mikroflorasi ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan oqsil faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, degan xulosaga kelishdi.
Olimlar Bacteroides thetaiotaomicron foydali bakteriyaga shakarning ta’sirini o‘rganish uchun laboratoriya sichqonlariga tarkibida ko‘p miqdorda glyukoza va fruktoza bo‘lgan mahsulotlarni ozuqa sifatida bera boshlashdi. Ilgari shakar ingichka ichakda so‘rilib ketadi deb hisoblanardi, ammo tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, u yo‘g‘on ichakka ham o‘tar va foydali mikrofloraga ta’sir ko‘rsatar ekan. Shuning uchun olimlar bu ta’sirning naqadar kuchli ekanligini tekshirishga qaror qilishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, shakar foydali bakteriyalar uchun javob beruvchi Roc oqsili ishlab chiqarilishini to‘sib qo‘yar ekan. Bu esa o‘z navbatida salomatlik bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishiga olib kelar ekan. Bunda shakarning qanday turda (fruktoza yoki glyukoza ko‘rinishida) bo‘lishining ahamiyati yo‘q ekan.