Mehmonlar kelishi bilan dasturxonga torting!
Zarur masalliqlar: 1 ta butun o‘rdak go‘shti, 300 gr. qo‘ziqorin, 1 stakan guruch, 3-5 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, bitta sabzi, 1 bosh piyoz, tuz, qora murch.
Tayyorlanishi: 1. Butun o‘rdakni yaxshilab yuving. Keyin ichki tomoniga tuz, murch va sarimsoqpiyozdan surting.
2. Piyozni maydalab to‘g‘rab, sabzini mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Qizdirilgan o‘simlik yog‘ida ikkalasini qovurib oling.
3. Qo‘ziqorinlarni maydalab to‘g‘rab, 5-7 daqiqa qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovurib olamiz.
4. Guruchni tuzli suvda dimlab pishiring.
5. Barcha masalliqlarni aralshlatirib, o‘rdak go‘shti ichiga soling. Go‘shtning ochiq joyini ip bilan tiking.
6. Endi o‘rdak go‘shtini qalin sellofan paketga solasiz-da, toblama qolipiga joylab, 1 soatga 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo‘yasiz. Dasturxonga mevalar bilan bezatib tortsangiz, ayni muddao.
6 kishilik
1 soatu 35 daqiqa
Manba: Darakchi.uz