Zarur masalliqlar: 300 gr. un, 100 ml. o‘simlik yog‘i, 2 st. shakar, 1 stakandan sut va qaynoq suv, 4 dona tuxum, 4-5 osh qoshiq kakao, 1 choy qoshiq iste’mol sodasi, yarim quti xamiryumshatgich; kremiga: 400 gr. qaymoq, 1 st. qand upasi; ichiga solish uchun: muzlatilgan olcha yoki olcha murabbosi; bezak uchun: 2 o‘ram qora shokolad.
Tayyorlanishi: 1. Tuxumni atalab, shakar, sut, o‘simlik yog‘i va kakaoni qo‘shing. Masalliqlarni yaxshilab aralashtirgach, iste’mol sodasi va xamiryumshatgichni soling.
2. Unni qo‘shgach, qaynab turgan suv solib, aralashtiring. Pishiriq qolipini yog‘lab, aralashmani soling. Tort korji 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 45-50 daqiqa davomida pishadi.
3. Qaymoq bilan qand upasini aralashtirib, mikser yordamida ko‘pirtiring.
4. Korj pishgach, sovuting-da, ikkiga bo‘ling. Orasiga krem surtib, olchalarni terib chiqing. Usti va atrofiga krem surtib, shokolad qirindisini seping.
Tayyorlash vaqti: 1 soat
8 kishilik
Manba: Darakchi.uz