Kerakli mahsulotlar:
Kremiga:
2 stakan sut
2 dona tuxum
0,5 1 stakan shakar
1 ta paket vanili shakar
2 osh qoshiq un
1 2 osh qoshiq kakao
100 g sariyog‘
200 g yong‘oq
Xamiriga:
3 dona tuxum
0,5 stakan shakar
3 osh qoshiq asal
2 choy qoshiq osh sodasi (sila)
60 g sariyog‘
3 osh qoshiq kakao
2 2,5 stakan un
Glazur uchun:
2 osh qoshiq sut
2 osh qoshiq kakao
3 osh qoshiq shakar
30 g sariyog‘
1 osh qoshiq smetana
Tayyorlanishi:
1.Dastlab zavarnoy kremni qaynatish kerak. Kostryulda shakar, un, sut, vanilli shakar va tuxum bir xil holatga kelgunga qadar kurakcha bilan aralashtirib turiladi. Past olovda qaynashga olib boriladi, lekin qaynatilmaydi. Olovdan olinadi va kakao qo‘shiladi, yaxshilab aralashtiriladi. Krem sovutishga qo‘yiladi. (sovuq suvli tog‘orachaga solish mumkin).
2.Endi xamir va korjni tayyorlashga kirishiladi. Kostryulda kurakchada shakar, asal, tuxum, osh sodasi va sariyog‘ yaxshilab aralashtiriladi hamda suv hammomiga qo‘yiladi. Yaxshilab aralashtirgan holatda 5 daqiqa qaynatiladi, massa bir xil holatga kelishi kerak. Suv hammomidan olinadi, kakao solinadi. Elakdan un sekin-asta solinib, cho‘ziluvchan bo‘lguncha qoshiqda aralashtiriladi. So‘ngra stol ustiga qo‘yiladi, un sepgan holatda xamir qoriladi. Hosil bo‘lgan yumshoq xamir 8 ta bo‘lakka bo‘linadi.
3.Gaz pechi 180 haroratda qizdiriladi, gaz listiga pergament qog‘oz solinadi, bir ozgina un sepiladi.
4.19,5 20 santimerli likopcha hajmidagi yupqa korjlar yoyiladi. Xamir chetlaridan ham korjlar yoyiladi, ular urvoq uchun kerak bo‘ladi. Korjlar 3 5 daqiqa davomida pishiriladi, ular tez pishadi. Ular panjara ustida sovutiladi.
5.Kremga yumshatilgan sariyog‘ qo‘shiladi va yaxshilab ko‘pirtiriladi. Yong‘oqlar maydalanadi. Korjlarga yaxshilab krem surtiladi va yong‘oq sepiladi. Har bir korjga 2 2,5 osh qoshiqdan krem surtiladi, ustiga surtilmaydi, ozgina kremni yonlarini surtish uchun olib qo‘yiladi.
Kostryulda glazur uchun barcha masalliqlar aralashtiriladi, past olovda 2 daqiqa davomida quyulguncha aralashtirgan holatda qaynatiladi. Qaynoq glazurni tort ustiga quyiladi (birinchi tort ustiga quyib, keyin chetlariga surtsangiz qulaydir). Glazur sovub qotishi uchun tort muzlatgichga 5 daqiqaga qo‘yiladi. Korj uchun urvoqlarni maydalanadi, tort chetlariga krem surtiladi va urvoqlar sepiladi.
6.Tort xona haroratida 3 4 soatga qo‘yiladi (ustini katta tog‘ora bilan ham yopish mumkin), so‘ngra sovutish uchun muzlatgichga qo‘yiladi.
Xurshida Xonim