Oshxona

Shokoladli pirog

Kerakli masalliqlar:

Xamir uchun 1. Tuxum - 4 dona. 2. Un - 3 stakan. 3. Margarin - 200 gr. 4. Kakao - 3 osh qoshiq. 5. Shakar - 1 piyola 6. Qatiq - 250 gr. 7. Razrixlitel - 1 pachka 8. Choy sodasi + sirka - 1 choy qoshiq 9. Dolchin (koritsa) - 0,5 osh qoshiq.

dd25670e-30ab-4849-8a1a-2a6a832768d1

Krem uchun 1. Kakao - 3 osh qoshiq. 2. Un - 3 osh qoshiq. 3. Shakar - 1 piyola. 4. Sut - 1 piyola. 5. Tuxum - 2 dona.

5a0180c7-9571-409c-9b5b-3f76ca3710a0

Glazur uchun 1. Kakao - 3 osh qoshiq. 2. Shakar - 3 osh qoshiq. 3. Sut - 0,5 piyola.

146a76e9-86cc-4252-a9c5-0148b453a894

Tayyorlanishi:

Kakao, shakar, un, koritsa va razrixlitel aralashtiriladi. Tuxum, qatiq, shakar, choy sodasi bilan atalanadi. Ikkisi bir-biriga qo‘shilib, xamir qoriladi. Tayyor massani 2ga bo‘lib, yog‘langan listga qo‘l yordamida yoyib chiqiladi. So‘ng, oldindan qizdirilgan duxovkada o‘rtacha olovda 15-20 daqiqa pishiriladi. Tayyor korjlar orasiga krem surtib, yopishtiriladi.

ba1bef64-1f45-41df-83e0-0f0159f378c4

Krem tayyorlash: Shakar, un va kakao oldin aralashtirilib olinadi. Tuxum chaqilib, yaxshilab atalanadi va sutga unli massa bilan qo‘shiladi. Gazga qo‘yib, qaynagunicha kavlab turiladi.

08f47b57-c152-45a8-acb2-a5e64339e35d

Korjlarga krem surtib yopishtirilganidan so‘ng, eng ustki qatlamiga glazur surtiladi.

Glazur tayyorlash: Shakar va kakao sut bilan aralashtiriladi. So‘ng gazga qo‘yib, quyilgunicha kavlab turib, pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

Manba: Beka.Uz