Boy shokoladli ta’mga ega ushbu tort juda tez tayyor bo‘ladi. Unga pazanda bloger Andrey Rudkovning retsepti asos qilib olindi.
Zarur masalliqlar:
- 255 g un
- 1,5 choy qoshig‘ida osh sodasi
- 1 choy qoshiq tuz
- 55 g kakao
- 290 g shakar
- 2 ta tuxum
- 280 ml sut
- 1,5 g vanilin
- 60 g o‘simlik yog‘i
- 60 g margarin
- 1 osh qoshig‘ida sirka
kremiga:
- 200 g qaymoq
- 0,5 stakan shakar
Tayyorlanishi:
Quruq masalliqlarni: kakao, un, osh sodasi, tuz, vanilin va shakarni bitta idishga solib, aralashtiramiz.
Alohida idishga tuxum, yumshagan margarin, o‘simlik yog‘i, sutni solib, o‘zaro aralashtiramiz.
So‘ng ushbu aralashmasi quruq masalliqlar aralashmasiga qo‘shamiz. Mikser yoki blender yordamida silliq xamir paydo bo‘lgunicha yaxshilab aralashtiramiz.
Oxirida sirkani qo‘shib yuboramiz. Formani yog‘lab, xamirni solamiz va 175 darajagacha qizigan duxovkada 50—60 daqiqa davomida pishiramiz. Pirog tayyor bo‘lgan-bo‘lmaganini gugurt cho‘pi yordamida tekshirib ko‘rish mumkin (pishgan bo‘lsa, cho‘p quruq bo‘lib chiqadi, xamir ilashmaydi).
Endi kremni tayyorlab olamiz. Buning uchun 200 g qaymoqni 0,5 stakan shakar bilan mikser yordamida ko‘pirtiramiz.
Umuman olganda, o‘zingiz xohlagan kremdan foydalanishingiz mumkin. Yana bir variant qaynatib quyultirilgan sut (varyonoye sguщyennoye moloko)ni margarin bilan aralashtirish.
Pirog tayyor bo‘lgach, duxovkadan olamiz va biroz sovigach, o‘tkir pichoq bilan ko‘ndalangiga teng ikkiga bo‘lamiz. O‘rtasiga va ustiga kremdan suramiz. Didingizga qarab boshqa bezaklardan ham foydalanishingiz mumkin. Men krem ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan shokolad sepdim.
Tort tayyor. Yoqimli ishtaha!