Oshxona

Shokoladli tuhfa

Zarur masalliqlar: 600 gr. pechene, 200 gr. sariyog‘, 150 l. sut, 8 osh qoshiq shakar, 3 osh qoshiq kakao.

Tayyorlanishi: 1. Pechenelarni maydalang. Kakao va shakar bilan aralashtiring.

2. Sariyog‘ni eriting-da, sutga qo‘shing. Kakaoli shakarni ham solib, past olovga qo‘ying. Faqat qattiq qaynab ketmasin.

3. Maydalangan pecheneni solib, yaxshilab aralashtiring-da, kolbasa shaklida sellofan paketga o‘rab, 6 soatga muzlatkichga qo‘ying.

Tayyorlanish vaqti:

40 daqiqa.

4 kishilik.

Manba: Darakchi.uz