Bilasizmi?

Sizni semirishga majbur qiladigan 7 sabab

Nima uchun biz semiramiz? Buning sabablari juda ko‘p, lekin eng asosiylari 7 ta. Ularga baham bersangiz — sanoqli haftalar ichida xushbichim qomatga ega bo‘lasiz.

Qat’iy parhez

Keng tarqalgan fikrlarga qaramasdan, parhez ozishga yordam bermaydi. Tadqiqotlarga ko‘ra, ovqatni vaqtinchalik cheklash metabolizmda o‘zgarishni keltirib chiqaradi. Qisqacha aytganda, tushlik qilmaslik bilan siz o‘zingizning semirishingizga yordam bergan bo‘lasiz.

Noto‘g‘ri nonushta

Butundonlilar, apelsin sharbati va yangi mevalar bilan qilingan nonushta kunning mukammal boshlang‘ichi bo‘lib xizmat qiladi. Ayni zamonda bunday nonushta metabolizmni ham tezlashtiradi.

Uyquning kamligi

Qolaversa, ortiqcha uyqu ham organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning sababi juda oddiy: uyquning kamligi ham va ortiqchasi ham metabolizmning sekinlashishiga olib keladi. Katta yoshdagi odamlar bir sutkada 7 soatdan 9 soatgacha uxlashi zarur.

Suvsizlanish

Organizmdagi hamma hujayralar normal faoliyat ko‘rsatishi uchun ularga suv zarur bo‘ladi. Suvsizlanishning yengil bosqichida tana 3% yog‘larni kamroq ketkiza boshlaydi. Suv ichish yoqmasa, ko‘k choy iching.

Sport va yalqovlik

Metabolik jarayonlar mashg‘ulot tamom bo‘lgandan keyin ishga tushiriladi. Samarasi ikki sutkaga yaqin saqlanadi, ya’ni tonusni ushlab turish uchun kattalar bir haftada uch marta sport zaliga albatta borishi kerak.

Stressda semirish

Birinchidan, hatto yengil stress ham organizmni «aylanishni pasaytirish»ga majbur qiladi. Ikkinchidan, asabiy taranglikni miya oddiy usul bilan yo‘qotishga harakat qiladi: sizni biron bir shirinlik yeyishga majbur qiladi. Stressdan butunlay xalos bo‘lishning iloji yo‘q, lekin bu jarayonni biroz yengillashtirish mumkin. Meditatsiya qilib ko‘ring, u juda yaxshi yordam beradi.

Sut mahsulotlari

Ko‘pchilik nima uchundir sut mahsulotlaridan voz kechish ularga xushbichim bo‘lishda yordam beradi deb hisoblaydi. Haqiqatan ham sut ancha yog‘li narsa, lekin undan butunlay voz kechish kerak emas. Gap shundaki faqat sut mahsulotlari organizmni kerakli miqdordagi kalsiy bilan ta’minlaydi. Yog‘ hujayralarida kalsiy qancha ko‘proq bo‘lsa, organizm yog‘ni shuncha ko‘proq ketkizadi.

Manba: Daryo.uz