Zarur masalliqlar:
- 3—5 ta olma
- 2 ta tuxum
- 1 chimdim tuz
- 1 stakan un
- 0,5 choy qoshi osh sodasi (sirka bilan o‘ldirilgan)
- 250—300 ml smetana
- 100 g shakar
- 20 g saryog‘ (formani yog‘lashga)
Tayyorlanishi:
Tuxumni tuz solib ko‘pirtiramiz. So‘ng shakar solib, ko‘pirtirishda davom etamiz.
Aralashmaga smetana qo‘shib, yana yaxshilab aralashtiramiz. Sirkada o‘ldirilgan osh sodasini ham qo‘shib yuboramiz.
Unni elab solib, silliq xamir tayyorlaymiz.
Formani yog‘laymiz. Olmani yuvib, po‘stini olib tashlaymiz va parrak-parrak qilib to‘g‘raymiz. So‘ng yarmini formaning tubiga terib chiqamiz.
Ustidan xamirning yarmini solamiz. Ustidan olmaning qolganini terib, xamirning qolgan yarmini quyamiz.
Duxovkani 200 darajagacha qizdirib, pirogni 40 daqiqa davomida pishiramiz.
Pirog tayyor. Yoqimli ishtaha!