NORMAL SOChLAR
Qanday bo‘ladi?
• Quyosh nurida jilolanadi, yaltiraydi;
• Soch tolasi “gullamaydi”;
• Oson taraladi;
• 3 kun davomida kirlanmay, hajmini saqlaydi.
Sochingiz normal turga kirsa ham, bu sog‘lom degani emas. Ular ham parvarishga muhtoj.
Qanday yuviladi?
Normal turdagi sochlarni 4-5 kunda bir yuvish tavsiya etiladi. Lekin bu qat’iy vaqt oralig‘i degani emas, soch va bosh terisi holatiga ko‘ra yuvish oralig‘ini kamaytirish yoki uzaytirish mumkin.
Qaysi shampun to‘g‘ri keladi?
• Kundalik foydalanish uchun mayin shampun
• Kuchli tozalovchi shampun
• 2tasi 1da shampun va konditsioner
• Hamma turdagi sochlar uchun shampun
• Normal turdagi sochlar uchun shampun
QURUQ SOChLAR
Qanday bo‘ladi?
• Rangi xira bo‘lgani uchun yaltiramaydi;
• Oson chigal bo‘ladi, tarash qiyin;
• Uchi “gullaydi”;
• Sinuvchan;
• Yaxshi jihati, bir hafta davomida tozadek ko‘rinadi.
Qanday yuviladi?
Quruq sochlar ko‘p ham kirlanmaydi, 5-7 kunda bir marta yuvsa bo‘ladi. Bu turdagi sochlarni parvarishida balzamlardan foydalanish quruqlikni bartaraf etishda yordam beradi.
Qaysi shampun to‘g‘ri keladi?
• Kundalik foydalanish uchun mayin shampun
• Kuchli tozalovchi shampun
• 2tasi 1da shampun va konditsioner
• Hajm beruvchi shampun
• Quruq va sinuvchan sochlar uchun shampun
YoG‘LI SOChLAR
Qanday bo‘ladi?
• Xira;
• Yaltiraydi, lekin yog‘lar hisobiga;
• Tez kirlanadi;
• Yuvilganidan bir kun o‘tib, sochlar yopishib qolaveradi;
• Soch turmagi uzoq saqlanmaydi.
Qanday yuviladi?
Sochlarni har kuni yuvish tavsiya etilmasa-da, yog‘li soch egalarining boshqa choralari qolmaganidan shunday qilishga majbur bo‘lishadi. Kun ora yuvgan ma’qul. Yog‘li sochlarni yuvishda suv harorati pastroq bo‘lishi lozim. Chunki issiq suv bosh terisida yog‘ ajralib chiqishini yanada oshirib yuborishi mumkin.
Qaysi shampun to‘g‘ri keladi?
• Kundalik foydalanish uchun mayin shampun
• Kuchli tozalovchi shampun
• 2tasi 1da shampun va konditsioner
• Yog‘li sochlar uchun shampun
• Balzamdan ko‘p foydalanish yog‘lilik darajasini oshiradi.
Manba: Darakchi.uz