— 16 yoshimdan buyon sochlarimni bo‘yab, rangini tez-tez o‘zgartirib turaman. Ko‘pincha tabiiy rangi qora bo‘lgan sochlarimga sarg‘ish tus berib yuraman. 30 yoshga borib sochlarim quruqlashib qoldi. Har qancha qimmat vositalarni qo‘llamay, foydasi bo‘lmadi. Nihoyat, osongina yo‘lini topdim. Aynan shu usul bilan sochlarimni quruqlashishdan qutqardim.
Sochlarimga ushbu niqobni surtaman: bolalarga mo‘ljallangan eng oddiy kremning bittasini 5 osh qoshiq zaytun yoki shaftoli moyi bilan aralashtiraman. Uni sochlarimni yuvishdan 20 daqiqa avval surtib qo‘yaman. Keyin sochlarimni avval shampun, so‘ng soch uchun mo‘ljallangan konditsioner bilan yuvaman. Bu muolajadan keyin sochlarim tabiiy jilosini tiklab, sog‘lom ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Shohida, Samarqand shahri
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi