Ismaloq — ozuqaviy moddalarga boyligi bo‘yicha oshko‘klar ichida birinchi o‘rinda turadi. Tarkibida A, V1, V2, V5, V6, V9, S, Ye, H, PP, K vitaminlari, temir, kalsiy, magniy, natriy, fosfor, aminokislotalar va efir moyi mavjud. Ismaloq organizmni tiqinlardan tozalaydi. Ichak hamda qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi.
Ko‘k piyoz ham A, V1, V2, V5, V6, V9, S, Ye, K, RR, xolin, temir, kaliy, kalsiy, magniy, mis, natriy, selen, rux va fosforni o‘zida mujassamlashtirgan. Bu esa virusli va infeksion kasalliklardan samarali himoya sanaladi.
Yalpiz A, S vitaminlari guruhi hamda V9 vitamini, temir, kaliy, kalsiy, magniy, marganets, mis, natriy, rux, fosfor kabi mikro va makroelementlarga boy. U bo‘g‘im kasalliklardai, bosh og‘riganida yaxshi davo sanaladi. Shuningdek, tinchlantiruvchi vosita hamdir.
Petrushka A, V1, V2, V5, V6, V9, S, E, H, K, RR vitaminlari, xolin, temir, kalsiy, kaliy, magniy, mis, natriy va fosforga boy manba. Qon bosimini me’yorga keltiradi, gastrit, jigar kasalliklarini davolaydi, milklarni mustahkamlaydi.
Selder organizmni toksinlardan tozalaydi, ortiqcha vazndan xalos etadi. Chunki uning tarkibida A, V1, V2, V6, V9, S, Ye, K vitaminlari, temir, kaliy, kalsiy, magniy, natriy va fosfor mavjud.
Rayhonning tarkibidan ham barcha vitaminlar va makro va mikroelementlarni topasiz. Bu ko‘katdan yo‘talni, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash, jigarni tozalashda foydalaniladi.
Shivit o‘zida A, V1, V2, V5, V6, V9, S, Ye, RR vitaminlari, temir, kaliy, kalsiy, magniy, mis, marganets, natriy, rux va fosforni mujassamlashtirgan. Ovqat hazm qilish jarayonini, qon aylanishini yaxshilashda, organizmdagi shlak va safroni haydashda ishtirok etadi.
Manba: Darakchi.uz