O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston fuqarolarini uyda tayyorlangan konserva mahsulotlaridan botulizm kasalligi kelib chiqishi havfi borligidan SMS orqali ogohlantirdi.
Botulizm kasalligining oldini olish maqsadida, meva va sabzavotlardan uy sharoitida konservalar tayyorlamaslikka v ularni iste’mol qilmaslikka chaqiramiz", - deyiladi xabar matnida.
Botulizm og‘ir toksik infeksion kasallik hisoblanadi.
Botulizm og‘ir ko‘rinishda boshlanib, ovqatdan zaxarlanishni eslatadi. Ilk belgilar: ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi va og‘riq. Konserva mahsulotlari iste’molidan keyin ushbu belgilar paydo bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.