Madaniyat

Sog‘lom teri uchun kerakli mahsulotlar

Bu oziq-ovqat mahsulotlari teri uchun eng mashhur kosmetika vositalaridan ham ko‘proq foyda keltiradi.

Suv

Suv – organizmning to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishiga va samarali tozalashga yordam beruvchi eng toza va arzon ichimlik hisoblanadi.

Ko‘k choy

Ko‘k choy – antioksidantlar makoni bo‘lib, terini namlantiradi va sog‘lom rang baxsh etadi.

Yalpiz

Yalpiz yoshartiruvchi, quvvat beruvchi va yallig‘lanishga qarshi kurashuvchi xususiyatga ega. Husnbuzar va toshmalarni yo‘qotish uchun tarkibida yalpiz bo‘lgan tonik yoki losondan foydalansangiz bo‘ladi.

Tofu pishlog‘i

Tofu – oqsilga boy oziq-ovqatlar ichida birinchi o‘rinda turadi. Kosmetologlar terisini oqartirmoqchi bo‘lgan qizlarga tofu pishlog‘ini iste’mol qilishni tavsiya qilishadi.

Zaytun yog‘i

Zaytun yog‘i – ajoyib va universal kosmetik vosita hisoblanadi.

Losos balig‘i

Bu oqsilga boy baliq yallig‘lanishdan keyin terining qayta tiklanish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi.

Skumbriya balig‘i

Agar siz toza, toshmalarsiz va yallig‘lanmagan terini orzu qilsangiz, bu baliqni ko‘proq iste’mol qiling.

Qovoq urug‘lari

Qovoq urug‘lari tarkibida muammoli terilar uchun foydali bo‘lgan E vitamini, omega-3 va rux moddalari mavjud.

Qoramtir uzum

Bunday uzumlar tarkibida terini namlantirib turuvchi antioksidantlar bor.

Sarimsoq

Haqiqatan ham xom sarimsoq infeksiya va virusning oldini oluvchi bo‘lib hisoblanadi. U gripp yoki shamollashni davolay olmasa ham, organizmga bakteriyalarni yengish uchun yordam beradi.

Manba: Daryo.uz