Mehmonlarga bitta-bittadan ulashing!
Zarur masalliqlar: xamiriga: 1 stakan un, 50 ml. suv, 1 dona tuxum; qiymasiga: 300 gr. mol go‘shti qiymasi, tuz, murch; qovurish uchun: 100 ml. o‘simlik yog‘i, qalamcha shaklidaga shakarsiz pechene; klyar uchun: 1 dona tuxum, 5 osh qoshiq non tolqoni.
Tayyorlanishi: 1. Tuxumni tuz va suv bilan ko‘pirtiring. Un solib, xamir qoring.
2. Xamirni tindirib olgach, o‘rtacha qalinlikda yoying-da, piyola yordamida aylana shakllar kesib oling.
3. Qiymaga tuz va murch qo‘shing.
4. Xamir bo‘laklari ichiga 1 yarim osh qoshiqdan qiyma solib, «qalamcha»larni ustiga qo‘ying. Keyin xamirni yarim oy shaklida tuging.
5. Tugilgan xamirni o‘rtasidan ikkiga bo‘lasiz.
6. Pishiriqlarni avval atalangan tuxumga botirib, keyin non tolqoniga belab olasiz. So‘ngra qizdirilgan o‘simlik yog‘ida ikkala tomonini ham qizartirib qovurasiz.
40 daqiqa
4 kishilik
Manba: Darakchi.uz