Bilasizmi?

Sovuq kunlarda teri hamda soch uchun vitaminlar

Kuz faslida organizmimizga vitaminlar yetishmasligini teri va sochlar holatiga qarab darhol aniqlashimiz mumkin. Agar vaziyatni hoziroq yaxshilamasangiz, qishda turli muammolarga duch kelishingiz tayin. Foydali moddalar xazinasini to‘ldirishda olmalar yordamga keladi. Bu mevani har kuni iste’mol qiling. Olma qon aylanishini yaxshilaydigan va terini ichki tomonidan parvarishlab, sog‘lom ko‘rinish bag‘ishlaydigan pektin moddasiga boy. Meva tarkibidagi kislotalar soch tuzilishini yaxshilab, ularga ipakday mayinlik va jilo baxsh etadi. Teriga nafaqat ichki, balki tashqi tamonlama ham ta’sir o‘tkazish uchun olmali niqoblardan foydalaning.

Olma va smetanadan yuz uchun niqob. Olma po‘stini artib, qirg‘ichdan o‘tkazing. So‘ng 1 osh qoshiq smetana bilan aralashtirib, yuzingizga surting. 15 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuvib tashlang.

Olma va asaldan soch uchun oziqlantiruvchi niqob. Olmani mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazing, 1 choy qoshiq asal, 2 osh qoshiq smetana va atalangan tuxum sarig‘i bilan aralashtiring. Niqobni sochingizga surtib, polietilen bilan yopib, sochiq o‘rab qo‘ying. 40 daqiqadan so‘ng shampunlab yuving.

Olma va suli yormasi (ovsyanka)dan qo‘llar uchun niqob. Mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazilgan olmani 1 choy qoshiq asal va 1 osh qoshiq maydalangan suli yormasi bilan aralashtiring. Tayyor bo‘lgan aralashmani qo‘llaringizga surting. 20 daqiqadan so‘ng avval iliq, keyin salqin suvda chaying.

Manba: Darakchi.uz