Singapurdagi Nanyan texnologiya universiteti mutaxassislari 30 foizgacha vaznni yo‘qotishga imkon beruvchi usulni ishlab chiqishdi. Uning asosida - ozish preparatini o‘zida jamlagan juda ingichka mikroignalar bilan jihozlangan plastirdan foydalanish yotadi. Kun.uz shu haqida yozmoqda.
Modda energiya tejovchi oq yog‘ni energiyani parchalovchi jigarrang yog‘ga aylantiradi. Ta’kidlash joizki, inson organizmida kamida yog‘ to‘qimalarining ikki turi mavjud - oq va jigarrang yog‘. Birinchisi resurslarni to‘playdi, ikkinchi esa - sarf qiladi.
Jigarrang yog‘ kaloriyalar parchalanishiga olib keladi, oqi esa ortiqcha vaznni keltirib chiqaradi. Aynan ortiqcha oq yog‘ to‘qimalari ko‘plab kasalliklar asosi hisoblanadi.
Sichqonlar ishtirokida o‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, kemiruvchilarga yopishtirilgan plastir beshinchi kuniyoq zararli yog‘ni foydalisiga aylantira boshlaydi. Jonivorlarda nafaqat ortiqcha vazn yo‘qola boshlagani kuzatilgan, balki qondagi xolesterin miqdori ham pasaygan.
Professor Pen Chenning so‘zlariga ko‘ra, olimlarning maqsadi - innovatsion plastirni iste’molchilarga uncha qimmat bo‘lmagan narxda va qulay ko‘rinishda, ya’ni "foydalanishga oson bo‘lgan shaklda" taqdim etish.