Bilasizmi?

Sut iching: Foydali ichimlikdan voz kechmaslik uchun 7 sabab

Sutchalik ko‘p bahsga sabab bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari kam bo‘lsa kerak. Qanday sut ichgan ma’qul: yog‘limi yoki yozsizlantirilgan? Pasterizatsiya qilinganmi yoki yangi sog‘ilgan? Sutning zarari yo‘qmi? Xavotir olmang: sigir suti menyuda bo‘lishi shart. Aksariyat olimlar bu mahsulot iste’molining tarafdoridir. Nima uchun deysizmi? "Zdorove s Yelenoy Malishevoy" sutning foydali jihatlariga doir ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

1. Yuqori ozuqaviy qiymat

Sigir suti A, Ye, K, S, D, V, RR, guruhlari vitaminlari, mineral moddalar va aminokislotalarga juda boy. Sut yog‘lari hayvon yog‘lari orasida eng to‘laqonlisi hisoblanadi, sut shakari esa ovqat hazm qilishga yordam beradi. Tuzlar, kalsiy va fosfor suyaklarni mustahkamlaydi. Sut ayniqsa bolalar uchun foydali - u bolalarning to‘laqonli o‘sishi va rivojlanishiga ko‘mak beradi.

2. Yurakka foydali

Sutni har kuni iste’mol qilish yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi va yurak xuruji hamda insult xavfini 37 foizga kamaytiradi. 324 dan ortiq tadqiqotlar natijalarini tahlil qilgan Buyuk Britaniya olimlari shunday xulosaga kelishdi. Bu qon tomirlari elastikligini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur kaliyning yuqori miqdorda ekanligi bilan izohlanadi. Sut shuningdek arterial qon bosimini pasaytirishga yordam beradi, shuning uchun u gipertoniyadan aziyat chekuvchi kishilar uchun zarur.

3. Miya va asab tizimi uchun foydali

Sut asab tizimiga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, uyqusizlik bilan kurashishga yordam beradi. Asal qo‘shilgan iliq sut bekorga uyqusizlikka qarshi eng mashhur xalq vositasi hisoblanmaydi.

4. Suyaklarni mustahkamlaydi

Ichimlikda kalsiy ionlari ko‘p, biroq uni o‘zlashtirishga yordam beruvchi D vitamini kamroq. Bu muammoni hal qilish uchun ba’zi ishlab chiqaruvchilar D vitamini bilan maxsus boyitilgan sutlarni sotuvga chiqarishadi.

5. Immunitetni oshirib, infeksiyalardan himoyalaydi

Sut immunoglobulinlar ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, shuning uchun tez-tez shamollash holatlarida va virusli kasalliklarda sut ichishni tavsiya qilishadi. Bug‘da qaynatilgan sutda esa tabiiy mikrobga qarshi vositalar - laotyanin ham bor.

6. Oshqozon kasalliklarida yordam beradi

Sigir sutida mavjud moddalar oshqozon va ichak shilliq qavati regeneratsiya jarayonlarida ishtirok etadi, shu bilan birga, bu mahsulot qoplab oluvchi ta’sirga ega. Sut shuningdek jig‘ildon qaynashidan xalos qiladi, zero uning tarkibida tuz kislotasi bilan oson reaksiyaga kirishuvchi va uni tezda o‘chirishga qodir metallar mavjud.

7. Mushaklar massasini oshirishga yordam beradi

Mahsulot kazein (boshqa hayvon yog‘lariga nisbatan tez va oson o‘zlashtiriluvchi oqsil)ga boy. Jismoniy mashqlardan keyin iste’mol qilingan bir stakan sut mushaklar massasini oshirish uchun kerakli nutriyentlar zaxirasini to‘ldiradi va shu bilan birga, to‘qlik hissini beradi.

Manba: Kun.uz