Oshxona

“Svetayevskiy” olmali pirogi

Olmali piroglarning turi ko‘p. Biroq ular orasida “Svetayevskiy” pirogi tarkibi va ko‘rinishi bilan alohida ajralib turadi. Ushbu pishiriqning kelib chiqish tarixi rus shoirasi Marina Svetayeva (1892—1941-yillar) bilan bog‘liq. Rivoyatlarga ko‘ra, shoira singlisi Anastasiya bilan adabiy kechalar uyushtirishni yaxshi ko‘rgan va o‘z mehmonlarini mana shunday pishiriq bilan siylagan.

Zarur masalliqlar:

xamiriga:

  • 150 g margarin
  • 0,5 stakan smetana
  • 1—2 stakan un
  • 1,5 choy qoshiq razrixlitel

ichiga quyishga:

  • 1 stakan smetana
  • 1 stakan shakar
  • 1 ta tuxum
  • 2 osh qoshiq un

qiymasiga:

3—4 ta olma

Tayyorlanishi:

Xamirini tayyorlash uchun 150 g margarinni eritib, biroz sovitamiz.

20150510_114130

Unga 0,5 stakan smetanani qo‘shamiz.

20150510_114231

1,5 choy qoshiq razrixlitel bilan aralashgan 1—2 stakan unni ham qo‘shib, yumshoqqina xamir qoramiz.

20150510_114523

20150510_114824

Xamirni formaning tubi va chetlari bo‘ylab qo‘lda tekislab chiqamiz.

20150510_115226

Endi 3—4 ta olmani olib, yuvamiz va ingichka qilib bo‘laklaymiz. Ularni formaga solib, xamir ustiga tekis qilib yoyamiz.

20150510_120142

Alohida idishga 1 stakandan smetana va shakarni, 1 ta tuxum va 2 osh qoshiq unni solib, silliq massa hosil bo‘lgunicha yaxshilab aralashtiramiz.

20150510_120744

So‘ng formadagi olma ustidan quyamiz.

20150510_120857

Pirogni 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 50 daqiqa davomida pishiramiz.

20150510_125900

Olmali pirogimiz tayyor. Yoqimli ishtaha!