Oshxona

Tailandcha salat - uyda bor mahsulotlardan

Zarur masalliqlar: 200 gr. dudlangan yoki qaynatilgan go‘sht, 2 donadan bodring va pomidor, 2 bosh piyoz, salat bargi, tuz, murch; marinad uchun: 15 osh qoshiq suv, 8 osh qoshiq sirka, 3 osh qoshiq shakar; qayla uchun: 5 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 3 osh qoshiq sirka, 1 osh qoshiq xantal.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni somoncha shaklida to‘g‘rang. Sirka, suv va shakarni to shakar eriguncha yaxshilab aralashtiring. Piyozni aralashmaga solib, 30 daqiqaga marinadlab qo‘ying.

2. Bodring va dudlangan yoki qaynatilgan go‘shtni somoncha, pomidorni maydalab, to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang.

3. O‘simlik yog‘i, sirka va xantalni aralashtiring.

4. Salat bargini qo‘lingiz bilan bo‘lib, chuqurroq idishga soling. Piyozning suvini silqitib, sabzavotlar va go‘sht bilan birga soling. Tuz, murch seping. Qaylani quyib, yaxshilab aralashtiring.

2 kishilik

45 daqiqa.

Manba: Darakchi.uz