Tarvuz — biz yozda juda xush ko‘ruvchi poliz mahsulotlaridan biri. Tetiklashtiruvchi va sersuv tarvuz issiq kunlarda desert sifatida ideal tarzda mos keladi. Biroq tarvuz yeya turib, uning suvlarini oqizmaslik uchun kishidan yuksak mohirlik talab etiladi.
Biz tarvuzni qoshiq bilan yeyish eng lazzatli usullardan biri ekanligi borasida bahslashmoqchi emasmiz. Biroq AdMe sayti tarvuzni dasturxonga tortishning o‘ziga xos usullari bilan bo‘lishdi.
Bunday original usullardan mehmonlarning boshi ko‘kka yetadi!
Tarvuzli kokteyl
Uyingizga tashrif buyurganlarni tarvuzli kokteyllar bilan mehmon qiling.
Tarvuz gril
Ko‘pchilik tarvuzni grilda qovurish mumkinligini bilmasa kerak. Ushbu noyob taomni tayyorlab ko‘ring.
Tarvuz tayoqchalari
Tarvuzni dasturxonga tortishning juda oddiy va o‘ziga xos usuli.
Tarvuzli yurakchalar
Bunday shakllarni tayyorlash uchun sizga pechenelar uchun mo‘ljallangan shaklchalar yordam beradi.
Tarvuzli tort
Mevalar, bodom yormasi va krem yordamida tayyorlangan bu ajoyib tort kesilmaguncha hech kim uning an’anaviy tort ekanligiga shubha qilmaydi.
Mevali tarvuz
Tarvuzli ichimlik
Bunday tarvuzli ichimlik yoz kunlari uchun aynan mos keladi
Tarvuzli qadahchalar
Bazm kechalari uchun ajoyib g‘oya.
Tarvuzli salat
Tarvuz va sir (feta) yordamida tayyorlangan salat. Qolaversa salat uchun idish ham o‘zi bilan.
Tarvuzli sorbet
Tarvuzdan shokolad bo‘lakchalari solingan tetiklashtiruvchi sorbet tayyorlang.