Oshxona

Tarvuzni qanday tanlash kerak?

Tarvuzsiz yoz o‘tmaydi. U chanqoqni qondiradi va hatto sovitilgan holda har qanday muzqaymoqning o‘rnini bosadi. Kattalar ham, kichiklar ham tarvuzni iste’mol qilishni yaxshi ko‘radi, biroq uni xarid qilishda nimalarga e’tibor berishni hamma ham bilmasligi mumkin.

arbuzy

Demak, bozorda tarvuz tanlash vaqtida quyidagilarga diqqat qarating:

  • tarvuz katta bo‘lsin, biroq og‘ir bo‘lmasin;
  • siqib ko‘rganda qarsillashi kerak;
  • chertib ko‘rganda bo‘g‘iq va jarangsiz ovoz chiqarishi kerak;
  • tilingan va yorilgan joylari bo‘lmasin;
  • tarvuzning bandi quruq bo‘lsin;
  • yonboshida o‘rtacha kattalikdagi sariq dog‘ bo‘lishi kerak, ushbu dog‘ oq bo‘lmasligi zarur;
  • tarvuzning ustki qavati yaltiroq bo‘lishi, jilosiz va xira bo‘lmasligi lozim;
  • ustidagi yo‘l-yo‘l chiziq aniq-tiniq ko‘rinib turishi kerak;
  • yetilgan tarvuzning po‘sti osongina tirnaladi — tirnog‘ingiz yordamida po‘stloqning ustki qavatini shilib olish mumkin;
  • tarvuz suv to‘ldirilgan idishga solinganida, yuzaga qalqib chiqsa — pishgan, cho‘kib ketsa — xom bo‘ladi.

illu_article_content

Bundan tashqari, tarvuz qanday joyda sotilayotganini ham e’tiborga olish zarur. Chunonchi, savdo nuqtasi ayvonli bo‘lishi, tarvuzlar soyabon bilan quyoshdan to‘silgan bo‘lishi lozim. Tarvuzlar yerdan kamida 20 santimetr balandlikdagi maxsus taglik ustiga joylangan bo‘lishi kerak.

arbuzi

Sotuvchidan sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining guvohnomasini so‘rash ham yodingizdan ko‘tarilmasin.

Tarvuzni iste’mol qilishdan oldin esa uni cho‘tka bilan yaxshilab yuvib, sochiq bilan artib quriting.

Maqolani tayyorlashda “Xitrosti jizni” nashri ma’lumotlaridan foydalanildi.