Agar uyqusiz o‘tkazilgan kechadan keyin ko‘rinishingiz unchalik yaxshi bo‘lmasa, bu hiylalar sizga bir lahzada odam qiyofasini qaytarishga yordam beradi.
- Kontrast dush — hammaga ma’lum bo‘lgan va har doimgidek samarali vosita. Issiq suvni sovuq suv bilan galma-gal almashtirib turing: shunday qilsangiz, siz o‘zingizga tetiklikni, teringizga esa sog‘lom rangni qaytarasiz.
- Agar dush qabul qilishning imkoniyati bo‘lmasa, qo‘llaringizni navbati bilan issiq va sovuq suvda yuvib ko‘ring. Bu ham bardamlikni ta’minlaydi.
- Bardam ko‘rinish va qizargan ko‘zlar bir-biriga unchalik mos tushmaydi. Ko‘zingiz uchun maxsus tomchilar sotib oling, ular qizarishni kamaytiradi.
- Uy sharoitida ko‘z atrofidagi qoramtir dog‘larni ketkazish uchun choy paketchalaridan foydalaning. Ularni qaynoq suvli idishga soling, biroz soviting, keyin esa 10 daqiqa ko‘zlaringiz ustiga qo‘yib turing.
- Ko‘z ostidagi shishlar bilan kurashish uchun qoshiqlardan ham foydalanish mumkin. Ularni 10 daqiqa muzlatkich ichiga qo‘ying, keyin muammoli joylarga qo‘ying.
- Skrabdan foydalaning. U terini o‘lik hujayralardan tozalaydi va yuzingizga sog‘lom ko‘rinish beradi.
- Yuzingizga krem suring. Eng yaxshi variant — namlovchi vosita, lekin uyqusiz o‘tkazilgan kechadan keyin har qanday krem ham bo‘laveradi.
- Yuzingizni muz bo‘lagi bilan arting. Sovuq muz teriga qon kelishini ta’minlaydi va yuzingiz ancha bardamroq ko‘rina boshlaydi.
- Tishlarni qatlamlardan tozalang. Uy sharoitida buni aktivlashtirilgan ko‘mir tabletkasi yordamida bajarish mumkin. Uni cho‘tka ustiga qo‘ying va tishlaringizni odatdagidek tozalang.
- Go‘zallikning orqasidan quvish davomida nafasingizning tozaligi haqida unutib qo‘ymang. Oqsilga boy bo‘lgan oziq-ovqatlar bilan nonushta qiling, tabiiy xushbo‘y hid beruvchilar — petrushka yoki qahva donlarini chaynang.
Manba: Daryo.uz